Qo’qon universitetida “Kelajak ustozlari” tanlovi bo’lib o’tdi

Qo’qon universitetida “Kelajak ustozlari” tanlovi bo’lib o’tdi Qo‘qon universitetida Boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi bitiruvchilari o‘rtasida “Kelajak ustozlari” ko‘rik-tanlovi bo‘lib o‘tdi. Tanlov ishtirokchilari o‘z pedagogik bilim va ko‘nikmalarini namoyon etishdi. Tanlov yakunlariga ko‘ra, 1-o‘rinni Boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi masofaviy ta’lim shakli talabasi Tilavoldiyeva Sevara qo‘lga kiritdi. 2-o'rini Boshlang'ich ta'lim yo'nalishi masofaviy ta'lim shakli talabasi Sultonova Muxlisa qo'lga kiritdi 3-o'rini Boshlang'ich ta'lim yo'nalishi kunduzgi ta'lim shakli talabasi Abdusattorova Oyjamol qo'lga kiritdi Mazkur tanlov bitiruvchi talabalar uchun katta tajriba maktabiga aylandi. G‘oliblar diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.



