Qo‘qon universitetida kitobxonlik kechasi tashkil etildi

Qo‘qon universiteti Axborot-kutubxona markazida “Sharq va G‘arb qahramonlik eposlarining mushtarak va farqli jihatlari: “Alpomish” va “Odisseya” dostonlari misolida” mavzusida talabalar o‘rtasida kitobxonlik kechasi tashkil etildi.
Tadbir davomida “Alpomish” va “Odisseya” dostonlari qiyosiy tahlil qilinib, ularning g‘oyaviy-badiiy xususiyatlari, qahramonlik ruhi, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni aks ettirishdagi o‘rni haqida fikr almashildi.
Shuningdek, talabalar tomonidan asarlardan parchalar o‘qildi, sahnaviy chiqishlar namoyish etildi hamda mavzu yuzasidan munozaralar tashkil qilindi.
Mazkur kitobxonlik kechasidan ko‘zlangan asosiy maqsad — talabalar o‘rtasida mutolaa madaniyatini rivojlantirish, milliy va jahon adabiy merosiga qiziqishni oshirish, Sharq va G‘arb adabiy tafakkurini qiyosiy o‘rganish ko‘nikmalarini shakllantirish hamda yoshlarni vatanparvarlik, sadoqat va yuksak insoniy fazilatlar ruhida tarbiyalashdan iborat.






