+(998) 73 545-55-55

"Kokand University"

Xabarlar

Barcha yangiliklar

Qo‘qon universitetida marketing yo‘nalishiga bag‘ishlangan seminar-trening bo‘lib o‘tdi

Otabek Mamajonov 07.11.2025 181 marta ko'rilgan
Qo‘qon universitetida marketing yo‘nalishiga bag‘ishlangan seminar-trening bo‘lib o‘tdi

 

Qo‘qon universitetida Toshkent Davlat Iqtisodiyot universitetining “Marketing” kafedrasi professor-o‘qituvchilari — professor Ikramov Murat Akramovich hamda dotsent Yusupov Muhammadamin ishtirokida ilmiy-amaliy seminar-trening bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvning asosiy maqsadi iqtisodiyot yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalarning nazariy bilimlarini amaliy ko‘nikmalar bilan boyitish, zamonaviy marketing konsepsiyalari, bozor tahlili, iste’molchi xulq-atvori va raqamli marketing sohalarida ilg‘or tajribalarni o‘rtoqlashishdan iborat bo‘ldi.

Professor Ikramov Murat Akramovich o‘z ma’ruzasida marketing strategiyalarini ishlab chiqish, brendni shakllantirish va raqobatbardoshlikni ta’minlash yo‘llari haqida so‘z yuritdi. Dotsent Yusupov Muhammadamin esa talabalar bilan interaktiv tarzda trening o‘tkazib, real misollar orqali marketing tadqiqotlarini amalga oshirish bosqichlarini amaliy ko‘rsatib berdi.

Tadbir davomida talabalarning faol ishtiroki, ularning savol-javoblarda faolligi, innovatsion g‘oyalarga bo‘lgan qiziqishi yuqori darajada bo‘ldi. Shuningdek, seminar davomida Qo‘qon universiteti va Toshkent Davlat Iqtisodiyot universiteti o‘rtasidagi hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash, o‘zaro tajriba almashish va qo‘shma ilmiy loyihalarni yo‘lga qo‘yish masalalari ham muhokama qilindi.

 

photo_2025-11-18_15-38-01.jpg

#yangiliklar