Qo'qon universitetida yana bir ilmiy yutuq
Otabek Mamajonov 22.06.2026 66 marta ko'rilgan

Qoʻqon universiteti Ta'lim kafedrasi katta o'qituvchisi Kalendarova Zaravshan Kalbaevna "Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta'limotlar tarixi" ixtisosligi doirasida dotsent ilmiy unvoniga ega boʻldi. Ushbu ilmiy daraja O’zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasining 2026-yil 10-iyundagi 386/1-sonli qaroriga muvofiq taqdim etildi.
Qoʻqon universiteti jamoasi nomidan Kalendarova Zaravshan Kalbaevnani samimiy tabriklaymiz, keyingi faoliyatlarida ulkan zafar va muvaffaqiyatlar tilaymiz!



#yangiliklar



