Qo‘qon universitetida “Yashil makon” ekologik festivali
Otabek Mamajonov 19.05.2026 37 marta ko'rilgan

Qo‘qon universitetida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida “Yashil dunyo mo‘jizasi (Gullar va qushlar bayrami)” nomli ekologik festival bo‘lib o‘tdi.
Festival davomida talabalar tomonidan tayyorlangan gullar va ekologik ko‘rgazmalar, qushlar hamda jonivorlar namoyishi, ekologik ijodiy ishlanmalar, shuningdek, badiiy chiqishlar va musiqiy dasturlar namoyish etildi.
Tadbir ekologik madaniyatni targ‘ib etish, yoshlar qalbida tabiatga ehtirom va yashil muhitni asrash g‘oyalarini mustahkamlashga qaratildi.



#yangiliklar




