Qo‘qon universitetida yoshlar kuni munosabati bilan amaliy uchrashuv tashkil etildi

Turizm va iqtisodiyot fakultetida Asaka Bank Qo‘qon filiali boshqaruvchisi Nuriddin Qodirov ishtirokida iqtisodiyot yo‘nalishining 1-bosqich talabalari uchun amaliy uchrashuv o‘tkazildi.
Uchrashuv davomida “Asaka Bank” AJning bank tizimidagi o‘rni, zamonaviy faoliyati, ko‘rsatilayotgan moliyaviy xizmatlar, jumladan kreditlash va omonat (depozit) turlari haqida batafsil ma’lumot berildi. Shuningdek, mijozlar bilan ishlash mexanizmlari hamda moliya sohasida zarur bo‘lgan amaliy ko‘nikmalar yuzasidan muhim tushunchalar taqdim etildi.


m



