Qo'qon universitetida “Yoshlar oqshomi”

Qo‘qon universiteti hamda Yoshlar ishlari agentligi Qo‘qon shahar bo‘limi hamkorligida “Yoshlar oqshomi” kechasi bo‘lib o‘tdi.
Kechada “Durdona” xalq cholg‘ular orkestri tomonidan konsert dasturi tomoshabinlarga taqdim etilib, ishtirokchilarga ko‘tarinki kayfiyat ulashildi. Shuningdek, tadbir doirasida milliy o‘yinlar ham o‘tkazilib, yoshlarning faol ishtiroki kuzatildi.
Mazkur kecha yoshlarning mazmunli hordiq chiqarishi hamda milliy qadriyatlarga bo‘lgan qiziqishini oshirishga qaratildi.








