Qoʻqon universitetiga A.I. Gertsen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universitetining Toshkent filiali vakillari tashrif buyurishdi
Obidov Mirzoumid Mirzaabdulla o`g`li 17.04.2025 532 marta ko'rilgan







Qoʻqon universitetiga A.I. Gertsen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universitetining Toshkent filiali vakillari tashrif buyurishdi.
Dastlab, mehmonlar universitetda professor-oʻqituvchilar va talabalarga yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdi, turizm majmuasi hamda universitet muzeyida boʻldi.
Shuningdek vakillar tomonidan universitetimiz talabalariga mahorat darslari o'tilib, viktorinalar uyushtirildi.
Yakunda ikki universitet vakillari o'zaro hamkorlik masalalarini muhokama qilishdi.
#yangiliklar



