Xalqaro hamkorlik aloqalari
Otabek Mamajonov 24.10.2025 204 marta ko'rilgan

Rossiyaning Gertsen nomidagi pedagogika universiteti professorlari Evgeniya Merkulova va Aleksey Shevchenko Qo‘qon universitetida.
Ular Qo‘qon universiteti talabalariga rus tilining A1 va A2 darajalarini o‘rgatish bo‘yicha 30 kunlik intensiv kurs o‘tish uchun tashrif buyurishdi.
Talabalar darslarda faol ishtirok etishmoqda. Darslar qiziqarli va interaktiv uslubda o‘tilmoqda, bu esa talabalarning til o‘rganishga bo‘lgan ishtiyoqini yanada oshiradi.
Ushbu tashrif ikki universitet o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash, professor-o‘qituvchilarning ilmiy salohiyatini oshirish va eng muhimi, yoshlar uchun yangi tajriba va imkoniyatlar maydonini yaratishga xizmat qiladi.



#yangiliklar



