+(998) 73 545-55-55

"Kokand University"

Xabarlar

Barcha yangiliklar

Qo‘qon universitetining Iqtisodiyot, Moliya, Turizm va Menejment

Otabek Mamajonov 01.07.2025 361 marta ko'rilgan
Qo‘qon universitetining Iqtisodiyot, Moliya, Turizm va Menejment

Qo‘qon universitetining Iqtisodiyot, Moliya, Turizm va Menejment yo‘nalishlari bo‘yicha bakalavr bosqichi bitiruvchi talabalari o‘zlarining bitiruv malakaviy ishlarini muvaffaqiyatli himoya qilmoqda. Ushbu muhim ilmiy-amaliy jarayon 2024/2025-o‘quv yili yakuniga bag‘ishlab tashkil etilgan bo‘lib, talabalar tomonidan tayyorlangan izlanishlar ularning to‘rt yillik bilim va tajribalari samarasi sifatida namoyon bo‘lmoqda. Himoya qilinayotgan bitiruv ishlari zamonaviy iqtisodiy muammolar, moliyaviy boshqaruvdagi dolzarb masalalar, turizm sohasidagi innovatsion yondashuvlar va menejment tizimining samaradorlik omillariga bag‘ishlangan. Tadqiqotlarda aniq amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan. Talabalarning ilmiy izlanishlari soha mutaxassislari, professor-o‘qituvchilar hamda ilmiy rahbarlar tomonidan yuqori baholanmoqda. Bu himoyalar talabalarning mustaqil fikrlashi, tahliliy yondashuvi va amaliy yechimlar ishlab chiqish salohiyatini namoyon etmoqda.

#yangiliklar