“Sport — sog‘lom hayot garovi!”
Otabek Mamajonov 17.04.2026 55 marta ko'rilgan

Qo‘qon universitetida “Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo‘yicha 5 muhim tashabbus” doirasida talabalar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish maqsadida yotoqxonada stol tennis musobaqasi tashkil etildi. Musobaqa davomida talabalar o‘z mahoratlarini namoyish etib, faol ishtirok etdilar. Talabalar o‘rtasida qizg‘in bahslar, sportga bo‘lgan qiziqish va do‘stona muhit hukm surdi.



0
#yangiliklar



