+(998) 73 545-55-55

"Kokand University"

Xabarlar

Barcha yangiliklar

“Startap loyihalar” tanlovi o‘tkazildi

Otabek Mamajonov 08.05.2026 102 marta ko'rilgan
“Startap loyihalar” tanlovi o‘tkazildi

  Talaba-yoshlarning innovatsion fikrlashi va tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, istiqbolli startap g‘oyalarni aniqlash hamda oliy ta’lim muassasalarida startap ekotizimini rivojlantirish maqsadida Qo‘qon universitetida “Startap loyihalar” tanlovi o’tkazildi.

Mazkur tanlov Qo‘qon universiteti, Qo‘qon universiteti Andijon filiali hamda Toshkent xalqaro universitetining iqtidorli talabalari o‘rtasida o‘tkazilib, unda ishtirokchilar o‘zlarining innovatsion va amaliy ahamiyatga ega startap loyihalari bilan qatnashdilar.

Tanlov davomida talabalarning ilmiy salohiyati, kreativ yondashuvi, muammoni hal etishga qaratilgan amaliy takliflari hamda loyihalarning istiqbolliligi hakamlar hay’ati tomonidan baholandi.

Tanlov yakunlariga ko‘ra g‘oliblar quyidagicha aniqlandi:

  1-o‘rin — Qo‘qon Universiteti Andijon filiali (KUAF)

  2-o‘rin — Toshkent xalqaro universiteti (TIU)

  3-o‘rin — Qo‘qon universiteti (KU)

photo_2026-05-12_14-27-57.jpg

#yangiliklar