+(998) 73 545-55-55

"Kokand University"

Xabarlar

Barcha yangiliklar

"Talabalar bilan ochiq osmon ostida maroqli dam olish – do‘stlik va sog‘lom turmush tarziga yo‘l"

Otabek Mamajonov 25.04.2025 27 marta ko'rilgan
"Talabalar bilan ochiq osmon ostida maroqli dam olish – do‘stlik va sog‘lom turmush tarziga yo‘l"

"Talabalar bilan ochiq osmon ostida maroqli dam olish – do‘stlik va sog‘lom turmush tarziga yo‘l"

 Qo‘qon universiteti Jahon tillari kafedrasi tomonidan talabalar bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish va jamoaviylik ruhini mustahkamlash maqsadida navbatdagi qiziqarli tadbir o‘tkazildi. Ushbu tashabbus kafedra o‘qituvchisi Numonova Muharramxon tomonidan ilgari surilib, talabalar bilan birgalikda universitet hududida piknik, “Mafia” o‘yini, voleybol va badminton musobaqalari tashkil etildi. Tadbir davomida talabalar tabiat qo‘ynida birga dam olib, faol harakatlar bilan shug‘ullandilar, jamoaviy o‘yinlarda qatnashib, do‘stona muhitda o‘zaro muloqot qilish va hamkorlik qilish ko‘nikmalarini rivojlantirdilar. Ayniqsa, “Mafia” kabi strategik o‘yinlar orqali talabalar mantiqiy fikrlash va jamoa bilan ishlash qobiliyatlarini sinovdan o‘tkazdilar. Sport o‘yinlari esa ularning jismoniy faolligini oshirib, sog‘lom raqobat muhitini yaratdi. Bunday tadbirlar nafaqat talabalar o‘rtasidagi do‘stlikni mustahkamlash, balki ularning universitet hayotini yanada boyitish, erkin fikrlovchi, faol va sog‘lom avlod bo‘lib kamol topishlariga xizmat qiladi.

#yangiliklar