+(998) 73 545-55-55

"Kokand University"

Xabarlar

Barcha yangiliklar

Talabalar ota-onalari Qo'qon universitetida!

Otabek Mamajonov 02.04.2026 166 marta ko'rilgan
Talabalar ota-onalari Qo'qon universitetida!

 

Talabalar ota-onalari Qo'qon universitetida!

  Qo‘qon universiteti Ta’lim fakultetida 2025–2026 o‘quv yilining kuzgi semestri yakunlari o‘ziga xos ruhda sarhisob qilindi. Ilm yo‘lida izchil mehnat qilib, fanlarni yuqori o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari bilan yakunlagan, shu bilan birga o‘zining yuksak xulqi, odobi va intizomi bilan tengdoshlariga ibrat bo‘lib kelayotgan talabalar alohida e’tirof etildi.

 Mazkur e’tirofning eng samimiy va ta’sirli jihati shundaki, bu safar e’tibor faqat talabalarning o‘ziga emas, balki ularning ortida turgan, farzand tarbiyasiga beqiyos hissa qo‘shib kelayotgan ota-onalarga ham qaratildi. Fakultet tomonidan ana shunday fidoyi ota-onalarga tashakkurnomalar tantanali ravishda topshirildi. Bu esa farzand tarbiyasida oila va ta’lim muassasasi o‘rtasidagi mustahkam hamkorlikning yana bir yorqin ifodasiga aylandi.

 Tadbir davomida ota-onalar farzandlarining universitetdagi ta’lim jarayoni, ularning yutuq va natijalari bilan yaqindan tanishish imkoniga ega bo‘ldilar. Ular o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislar va ustozlar tomonidan batafsil, ochiq va samimiy javoblar oldilar. Bu esa o‘z navbatida ishonch, hamjihatlik va o‘zaro hurmat muhitini yanada mustahkamladi.

 Ayniqsa, e’tiborlisi shundaki, bunday mazmundagi tadbir Qo‘qon universitetida ilk bor tashkil etildi. Ushbu tashabbus nafaqat talabalarni yanada ilhomlantiradi, balki ota-onalarni ham farzandlari ta’limidagi jarayonlarga faolroq jalb etishga xizmat qiladi. Shubhasiz, bu kabi ezgu an’analar kelgusida ham davom etib, ta’lim sifatini yanada yuksaltirishga o‘z hissasini qo‘shadi.

photo_2026-04-02_17-17-43.jpg

photo_2026-04-02_17-17-48.jpg

photo_2026-04-02_17-17-52.jpg

 

#yangiliklar