+(998) 73 545-55-55

"Kokand University"

Xabarlar

Barcha yangiliklar

Xalqaro konferensiya boshlandi

Otabek Mamajonov 21.11.2025 316 marta ko'rilgan
Xalqaro konferensiya boshlandi


2025–2026 yillarni qamrab oluvchi uch bosqichli qo‘shma loyiha doirasida o‘tkazilishi rejalashtirilgan "Zamonaviy Ipak yo‘li bo‘ylab turkiy davlatlarning integratsiya jarayonlari: muammolar va istiqbollar" mavzusidagi xalqaro konferensiyaning dastlabki bosqichi o‘z ishini boshladi.

Mazkur nufuzli anjumaning 1-bosqichi 19-noyabr kuni Boku shahrida o‘z ishini boshladi va 21-noyabr kuni yakunlanadi.

Konferensiya quyidagi oliy ta’lim va ilmiy muassasalar hamkorligida tashkil etilgan:

Qo‘qon Universiteti (O‘zbekiston)

Atatürk Universiteti, Erzurum (Turkiya)

Ozarbayjon Milliy Fanlar Akademiyasi – Falsafa va Sotsiologiya Instituti

Ozarbayjon Arxitektura va Qurilish Universiteti

 Qo‘qon universitetidan ishtirok
Ushbu xalqaro ilmiy forumda Qo‘qon universitetining ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Zevoxon Qobilova hamda universitetning bir guruh vakillari o‘z ilmiy ma’ruzalari bilan faol ishtirok etmoqdalar.

Anjuman uch bosqichda tashkil etilib, unda turkiy davlatlar o‘rtasidagi hamkorlik, integratsiya jarayonlari, zamonaviy Ipak yo‘lining rivojlanish istiqbollari yuzasidan ilmiy muhokamalar olib boriladi.

photo_2025-11-21_11-20-46.jpg

photo_2025-11-21_11-20-50.jpg

photo_2025-11-21_11-20-55.jpg

photo_2025-11-21_11-20-57.jpg

#yangiliklar