+(998) 73 545-55-55

"Kokand University"

Xabarlar

Barcha yangiliklar

Qo‘qon universitetida O‘zbek tili bayrami keng nishonlandi

Otabek Mamajonov 21.10.2025 165 marta ko'rilgan
Qo‘qon universitetida O‘zbek tili bayrami keng nishonlandi

21-oktabr – O‘zbek tili bayrami munosabati bilan Qo‘qon universitetida navbatdagi madaniy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirda universitet talabalari o‘zbek tiliga bo‘lgan hurmat va e’tiqorlarini she’riy chiqishlar, sahna ko‘rinishlari hamda badiiy kompozitsiyalar orqali namoyon etdilar.

Dastur davomida talabalar o‘z ijod namunalarini taqdim etib, tilimizning go‘zalligi, boyligi va milliy qadriyatlarimizdagi o‘rnini yuksak ruhda ifoda etdilar. Tadbir jarayonida o‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi, uning jamiyatimiz ma’naviy hayotidagi o‘rni va ahamiyati haqida so‘z yuritildi.

Tadbir so‘ngida O‘zbek tili haftaligi doirasida o‘tkazilgan turli ko‘rik-tanlovlar va musobaqalarda g‘olib bo‘lgan talabalar universitet ma’muriyati tomonidan esdalik sovg‘alari hamda faxriy sertifikatlar bilan taqdirlandilar.

photo_2025-10-23_15-02-32.jpg

photo_2025-10-23_15-02-33.jpg

photo_2025-10-23_15-02-34 (2).jpg

photo_2025-10-23_15-02-34.jpg

photo_2025-10-23_15-02-35.jpg

 

photo_2025-10-23_15-02-36.jpg

photo_2025-10-23_15-02-38.jpg

photo_2025-10-23_15-02-40.jpg

photo_2025-10-23_15-02-42.jpg

photo_2025-10-23_15-02-45.jpg

 

#yangiliklar