Ota-onalar bilan uchrashuvlar davom etmoqda
Otabek Mamajonov 16.04.2026 42 marta ko'rilgan

Qo‘qon universitetining Turizm va iqtisodiyot fakulteti, Iqtisodiyot yo‘nalishining 1-bosqich talabalari ota-onalari bilan navbatdagi uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Tadbir davomida yuqori GPA ko‘rsatkichlariga ega, namunali xulq-atvori va faolligi bilan ajralib turgan lider talabalar e’tirof etildi. Ularning ota-onalariga tashakkurnomalar hamda esdalik sovg‘alar tantanali ravishda topshirildi.



#yangiliklar



