+(998) 73 545-55-55

"Kokand University"

Xabarlar

Barcha yangiliklar

Erasmus+ Milliy Axborot kuni doirasida Qo‘qon universiteti

Otabek Mamajonov 17.12.2025 282 marta ko'rilgan
Erasmus+ Milliy Axborot kuni doirasida Qo‘qon universiteti

Erasmus+ Milliy Axborot kuni doirasida Qo‘qon universiteti jamoasi  ishtirok etib, uchrashuv dasturiga muvofiq GreenCamUZ loyihasi bo‘yicha taqdimot bilan chiqish qildi. Ushbu tadbir loyiha faoliyatini keng jamoatchilikka tanishtirish uchun muhim maydon bo‘ldi.

2025-yilgi tanlov natijalariga ko‘ra O‘zbekiston OTMlari ishtirokida 6 ta CBHE loyiha g‘olib deb topilgan bo‘lib, ulardan 4 tasiga mahalliy universitetlar koordinatorlik qilmoqda. Qo‘qon universitetining GreenCamUZ loyihasi koordinatori sifatida tanlangani biz uchun katta ishonch va mas’uliyatdir.

Tadbir davomida:

- Erasmus+ 2026-yilgi tanlov yo‘nalishlari,
- Amaldagi va yangi loyihalar tajribasi,
- Loyiha tayyorlash bo‘yicha amaliy tavsiyalar,
- Yevropa Ittifoqi EACEA mutaxassisi ishtirokida tanlov mezonlari

bo‘yicha muhim ma’lumotlar taqdim etildi.


GreenCamUZ loyihasi to'g'risida ma'lumot:


Mazkur loyiha O‘zbekiston oliy ta’lim tizimida ekologik barqarorlik, yashil yondashuv va zamonaviy tajribalarni joriy etishga qaratilgan bo‘lib, 2025–2028-yillar davomida amalga oshiriladi. Loyiha umumiy qiymati 359 682,44 yevroni tashkil etadi.

GreenCamUZ loyihasi doirasida O‘zbekiston, Turkiya, Litva va Polshaning yetakchi oliy ta’lim muassasalari hamkorlik qilmoqda. 

Loyiha konsorsiumi tarkibi:

* Tashkent International University
* Alfraganus universiteti
* Markaziy Osiyo Yashil universiteti
* Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi
* Andijon davlat texnika instituti
* Karabük universiteti (Turkiya)
* Vilnyus Gediminas texnika universiteti (Litva)
* Opole texnika universiteti (Polsha)

GreenCamUZ loyihasi doirasida oldinda hali ko‘plab uchrashuvlar, yangi tashabbuslar va amaliy natijalar kutmoqda. Yangiliklarni kuzatib boring!

photo_2025-12-17_10-36-35.jpg

photo_2025-12-17_10-36-41.jpg

#yangiliklar