Xalqaro aloqalar / Daniya
Abdullah Bahromov 28.10.2026 11 marta ko'rilgan

Qo‘qon universiteti Kadrlar bo‘limi boshlig‘i A. Abduxamidov Daniyaning Kolding shahridagi IBA International Business Academy’da o‘tkazilayotgan “International Marketing Week” dasturida qatnashmoqda.
Tashrif Erasmus+ ICM xalqaro mobillik loyihasi doirasida amalga oshirilmoqda. Dastur LEGO kompaniyasining global marketing strategiyalari va bozor tadqiqotlarini o‘rganish, xalqaro tajriba almashish imkonini bermoqda.
Daniyada grant asosida tahsil olish imkoniyati!
Oyiga 1 000 yevro stipendiya va dastur shartlariga muvofiq to‘liq moliyalashtirish.
Arizalar 30-oktabrgacha qabul qilinadi.
Murojaat uchun: D bino, 205-xona — Xalqaro hamkorlik departamenti.




#yangiliklar



