+(998) 73 545-55-55

"Kokand University"

Xabarlar

Barcha yangiliklar

XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA

Otabek Mamajonov 30.04.2026 110 marta ko'rilgan
XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA

  Qo‘qon universitetida  “Turkiy xalqlar adabiyoti taraqqiyotida ayollarning o‘rni” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya yuqori saviyada bo‘lib o‘tdi.

Mazkur anjumanda mahalliy va xorijiy olimlar, tadqiqotchilar hamda professor-o‘qituvchilar ishtirok etib, turkiy xalqlar adabiyotida ayollarning o‘rni va roli yuzasidan o‘z ilmiy qarashlari bilan o‘rtoqlashdilar.

  Konferensiya doirasida quyidagi muhim yo‘nalishlar muhokama qilindi:
• Turkiy adabiyotda ayol obrazi
• Ayol ijodkorlar merosi
• Zamonaviy adabiy jarayonlarda ayollarning roli
• Ilmiy hamkorlik va yangi tadqiqotlar

  Tadbir davomida qator dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashildi, yangi ilmiy yondashuvlar ilgari surildi hamda kelgusidagi hamkorlik istiqbollari belgilab olindi.

  Konferensiya yakunida ishtirokchilarga sertifikatlar topshirildi va mazkur yo‘nalishdagi ilmiy izlanishlarni yanada rivojlantirish zarurligi ta’kidlandi.

Fotolavhalarni e’tiboringizga havola qilamiz.

photo_2026-05-01_14-44-35.jpg

photo_2026-05-01_14-44-19.jpgphoto_2026-05-01_14-44-41.jpgphoto_2026-05-01_14-44-44.jpg

#yangiliklar