Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya
Otabek Mamajonov 22.05.2026 129 marta ko'rilgan

Qo‘qon universitetida “Globallashuv sharoitida ona tili va adabiyotning ijtimoiy ahamiyati va uni saqlash tamoyillari” mavzusida II an’anaviy Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.
Mazkur konferensiya ona tili va adabiyotning jamiyat hayotidagi o‘rni, globallashuv sharoitida til siyosati, madaniy meros, ta’lim tizimida ona tili va adabiyotni o‘qitish masalalari hamda tilni saqlash va rivojlantirish yo‘nalishlarini ilmiy jihatdan muhokama qilishga bag‘ishlandi.
Konferensiyada respublika va xorijiy, shu jumladan , Ozarbayjon , Turkiya, Qozog'iston, Qirg'iziston , Tojikiston respublikalari oliy ta’lim hamda ilmiy-tadqiqot muassasalari vakillari, professor-o‘qituvchilar, tadqiqotchilar, doktorantlar, magistrantlar va soha mutaxassislari ishtirok etdi.
Tadbir davomida globallashuv va til siyosati, ona tili va adabiyotning ijtimoiy vazifalari, raqamli muhit va til, tarjima va madaniy muloqot, folklor va milliy merosda til kabi dolzarb yo‘nalishlar yuzasidan ma’ruzalar tinglandi va fikr-mulohazalar almashildi.
Konferensiya yakunida ona tili va adabiyotning ijtimoiy ahamiyatini oshirish, milliy tilni saqlash va rivojlantirish, shuningdek, ilmiy hamkorlikni yanada kengaytirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar bildirildi.




#yangiliklar



