+(998) 73 545-55-55

"Kokand University"

Xabarlar

Barcha yangiliklar

Yangi_tayinlov

Abdullah Bahromov 07.09.2026 9 marta ko'rilgan
Yangi_tayinlov

 Iqtisodiyot fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD), dotsent Xursanaliyev Boburmirzo Farhod o‘g‘li Qo‘qon universiteti "Ta'lim" fakulteti dekani etib tayinlandi.

B.Xursanaliyev PhD ilmiy darajasiga Qo‘qon universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengashda himoya qilib erishgan. Magistrlik bosqichini Janubiy Koreaning Chonnam milliy universitetida Biznes boshqaruv yo'nalishida tamomlagan. Farg'ona davlat texnika universiteti Menejment yo'nalishida bakalavr bosqichida tahsil olgan. Mehnat faoliyati davomida POSCO&DAEWOO International xorjiy kompaniyasida faoliyat yuritgan. Shuningdek, Qo‘qon universitetidagi faoliyati davomida Akademik ishlar departamenti mutaxassisi, Xalqaro turizm va iqtisodiyot kafedrasi katta o'qituvchisi, kafedra mudiri hamda Ilmiy tadqiqotlar departamenti boshlig'i lavozimlarida ishlagan.

Jamoamiz nomidan yangi lavozim bilan muborakbod etamiz!

photo_2026-09-16_10-43-35.jpg

#yangiliklar