+(998) 73 545-55-55

"Kokand University"

Xalqaro grantlar va loyihalar

Xalqaro grantlar va qo'shma loyihalar

Qo'qon Universiteti talabalari, professor-o'qituvchilari va tadqiqotchilari uchun xalqaro grantlar va qo'shma loyihalar keng imkoniyatlar yaratadi: chet elda o'qish va stajirovka, ilmiy tadqiqotlarni moliyalashtirish, qo'shma kurslar va laboratoriyalar, xalqaro konferensiyalar va startaplar.

Bizning vazifamiz

  • Grant va loyihalar bo'yicha dolzarb e'lonlarni jamlash va tarqatish
  • Ariza topshirish jarayonida metodik ko'mak (shakllar, namunalar, konsultatsiyalar)
  • Ichki tanlov va tavsiyalarni tashkil etish
  • Hamkorlar bilan loyiha konsorsiumlari tuzish va muzokaralar
  • G'olib bo'lgan loyihalar uchun ma'muriy va moliyaviy monitoring

Eslatma: Aniq topshirish muddatlari va havolalar yil sayin yangilanadi. Saytimizda e'lonlar bo'limi orqali tekshiring.

Mavjud dasturlar

Nima beradi:

1 semestrgacha talaba almashinuvi, 5–30 kun xodim (o'qituvchi/ma'muriy) mobillik; stipendiya, yo'l xarajatlari qoplamalari.

Kimlar uchun:

Bakalavr/magistr/doktorantlar; professor-o'qituvchilar va xodimlar.

Faoliyat turlari:

O'qish, dars berish, trening/stajirovka.

Ariza tartibi:

Ichki tanlov → nomzod tavsiyasi → qabul qiluvchi universitet talablari.

Muddatlar:

Yillik chaqiriqlar (yangilanadi).

Tanlov mezonlari:

Akademik ko'rsatkich, til bo'yicha bilim darajasi (odatda IELTS 6.0), motivatsiya, moslik.

Nima beradi:

Universitetlararo qo'shma loyihalar (o'quv dasturlarini modernizatsiya qilish, laboratoriyalar, AKT joriy etish).

Kimlar uchun:

Fakultetlar, kafedralar, loyiha guruhlari.

Faoliyat turlari:

WP (work-package)lar bo'yicha ish rejalari, treninglar, uslubiy qo'llanmalar, uskuna xaridi.

Moliyalashtirish:

2–3 yil, byudjet loyiha ko'lamiga bog'liq.

Muddatlar:

Yillik chaqiriq (yangilanadi).

Eslatma: Konsorsiumda Yevropa va hamkor davlat OTMlari bo'lishi shart.

Nima beradi:

Qo'shma magistratura dasturlari; to'liq stipendiyalar.

Kimlar uchun:

Magistratura nomzodlari; hamkor OTM sifatida fakultetlar.

Faoliyat turlari:

Qo'shma o'quv reja, ikki diplomlik (joint/double).

Muddatlar:

Yillik chaqiriqlar (talabalar uchun qabul oynalari yangilanadi).

Nima beradi:

Individual stipendiyalar (talaba/magistr/doktorant), tadqiqot grantlari, o'qituvchi almashinuvi.

Kimlar uchun:

Talabalar, yosh olimlar, professorlar.

Talablar:

Nemis/ingliz tili, qabul qiluvchi tomon taklifi (ba'zi yo'nalishlarda).

Muddatlar:

Dasturga qarab o'zgaradi (yillik).

Nima beradi:

Turkiy davlatlar (Turkiya, Ozarbayjon, Qozog'iston, O'zbekiston, Qirg'iziston) o'rtasidagi 110 dan ortiq universitetlar talabalar va professor-o'qituvchilar almashinuvini ta'minlaydi. 1 semestrgacha o'qish yoki dars berish imkoniyatini yaratadi, ishtirokchilarga turar joy va safar xarajatlarini qisman yoki to'liq qoplash ko'zda tutilgan.

Kimlar uchun:

Bakalavr va magistr talabalar, shuningdek professor-o'qituvchilar.

Faoliyat turlari:

O'qish, dars berish, madaniy almashinuv va qo'shma tadbirlar.

Muddatlar:

Yiliga bir marta e'lon qilinadi (odatda aprel-may oylarida ariza topshirish bosqichi bo'ladi).

Nima beradi:

1–4 hafta o'quv va madaniy dasturlar, kredit transferi imkoniyati yoki yozgi amaliyot holatida talabalar 90 kunlik yozgi ta'til davrida mutaxassisligi yoki boshqa yo'nalishda amaliyot o'tab sayohat qilishi, yangi do'stlar orttirishi va pul ishlab topishi mumkin.

Kimlar uchun:

Bakalavr/magistrlar.

Talablar:

Til darajasi, intizom.

Moliyalashtirish:

Grant/yarim-grant/kontrakt ko'rinishida bo'lishi mumkin.

GreenCamUz

Amaldagi loyiha – Erasmus+ GreenCamUz

Erasmus+ CBHE

Talabalar uchun zarur hujjatlar

  • 1Xorijga chiqish pasport nusxasi
  • 2Akademik transkript
  • 3Til sertifikati (CEFR/IELTS/TOEFL yoki qabulchi OTM talabi)
  • 4CV (Europass formati tavsiya etiladi)
  • 5Motivatsion xat (1 sahifa)
  • 62 ta tavsiya xati (dekan/kafedra)
  • 7Qabulchi OTMdan qabul xati (agar talab qilinsa)
  • 8Sug'urta, viza hujjatlari (keyingi bosqichda)

Xodimlar uchun hujjatlar

  • 1Xorijga chiqish pasport nusxasi
  • 2CV (akademik format)
  • 3Teaching/Training/Research Plan
  • 4Hamkor OTM/kafedra taklif xati
  • 5Ish joyidan ma'lumotnoma (lavozim, ish staji)
  • 6Til bo'yicha asos (zarur bo'lsa)
  • 7Viza/sug'urta hujjatlari

Savollaringiz bormi?

Xalqaro aloqalar bo'limi bilan bog'laning va batafsil ma'lumot oling

Bog'lanish