Bo'lim rahbari
Mamadaliyev Ulug‘bek
Xalqaro hamkorlik departamenti boshlig‘i
Ulug‘bek Mamadaliev — Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida Xalqaro turizm va iqtisodiyot yo‘nalishi bo‘yicha bakalavr va magistr darajalarini tamomlagan. Shuningdek, u Gretsiyaning Alexander Technological Educational Institute va Indoneziyaning Gunadarma universitetlarida xalqaro turizm va xalqaro munosabatlar sohalarida tahsil olgan. Uning kasbiy faoliyati asosan universitetlar o‘rtasida hamkorlik o‘rnatish va xalqaro munosabatlar yo‘nalishida kechgan. 2021-yildan buyon u Qo‘qon universiteti Xalqaro hamkorlik departamenti boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda. Ushbu davr mobaynida u 500 dan ortiq talabaning xorijda amaliyot o‘tashini, 50 dan ortiq talabaning Janubiy Koreya, Finlandiya, Turkiya, Ozarbayjon, Rossiya, Gretsiya va Polsha kabi davlatlarga akademik almashinuv doirasida jo‘natilishini, shuningdek 200 ga yaqin professor-o‘qituvchining Daniya, Ispaniya, Serbiya, Gretsiya, Polsha, Turkiya, Ozarbayjon, Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Indoneziya kabi davlatlarda akademik mobillik, malaka oshirish va stajirovka dasturlarida qatnashishini tashkil etgan va bu loyihalarga rahbarlik qilgan. Qo‘qon universitetidagi faoliyati davomida u Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilgan 6 ta Erasmus+ ICM loyihasini ishlab chiqish va grant yutishga erishgan, so‘ngra ularni amalga oshirish jarayonida 30 nafardan ortiq professor-o‘qituvchi va talabaning akademik almashinuvini muvofiqlashtirib kelmoqda. Shuningdek, u 2025–2028-yillarga mo‘ljallangan Erasmus+ CBHE “GreenCamUz — Green Campus Initiative” milliy loyihasining (Strand 1) grant egasi va muvofiqlashtiruvchisi sifatida faoliyat yuritmoqda. Faoliyati davomida u 20 dan ortiq davlatda bo‘lgan va 100 dan ortiq xorijiy universitet bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatishga muvaffaq bo‘lgan. Email: u.mamadaliev@kokanduni.uz
Xalqaro hamkorlik departamenti vazifasi
Qo‘qon universitetining xalqaro aloqalarini yo’lga qo’yish, yangi hamkorlarni izlash, universitetning strategiyasi va maqsadlariga asoslanib, xalqaro maydonda ish olib boradi.
Bizning jamoa (4)

Saidov Shohruh Mirzo
Xalqaro hamkorlik departamenti Grant loyihalar bo'yicha mutaxassisi
Shohruh-Mirzo Saidov — Qo‘qon universiteti Xalqaro hamkorlik departamentining Xalqaro grant loyihalar koordinatori. U turizm, iqtisodiyot, kichik biznes va tadbirkorlik sohalarida akademik hamda professional tajribaga ega. Qo‘qon davlat pedagogika institutida bakalavr, Respublika biznes va boshqaruv oliy maktabida magistr hamda Webster University’da MBA darajalarini olgan. Hozirda Qo‘qon universitetida kichik biznes va tadbirkorlik iqtisodiyoti yo‘nalishida tayanch doktorant sifatida ilmiy faoliyat olib bormoqda. Asosiy vazifalari: • universitetning xalqaro grant loyihalarini ishlab chiqish, tayyorlash va muvofiqlashtirish; • Erasmus+ CBHE/ICM dasturlari doirasida Yevropa mamlakatlari bilan hamkorlikni rivojlantirish; • Germaniyaning SES, Turkiy tilli davlatlarning ORHUN, Hindistonning ITEC va Koreyaning Handong Global dasturlari doirasidagi hamkorlik va loyihalarni muvofiqlashtirish; • xalqaro akademik almashinuv, malaka oshirish va professor-o‘qituvchilar hamda talabalar uchun xalqaro imkoniyatlarni rivojlantirish. Shohruh Saidov xalqaro grant loyihalarini ishlab chiqish, akademik almashinuv, xalqaro hamkorlik va malaka oshirish dasturlarini tashkil etish yo‘nalishlarida faoliyat olib bormoqda. Shuningdek, u Qo‘qon universitetida turizm, iqtisodiyot va tadbirkorlik bilan bog‘liq fanlarni o‘qitish hamda kichik biznes va tadbirkorlik iqtisodiyoti yo‘nalishida ilmiy-tadqiqot faoliyatini olib boradi. Uning avvalgi professional faoliyati ta’lim sohasi bilan bog‘liq bo‘lib, Dang‘ara tumanidagi 17-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida ingliz tili o‘qituvchisi sifatida faoliyat yuritgan.

Lutfiyeva Diyorabonu
Xalqaro Hamkorlik departamenti xalqaro shartnomalar bo'yicha mutaxassisi
Diyorabonu Lutfiyeva - Webster Universiteti bitiruvchisi bo‘lib, Xalqaro aloqalar (International Relations) yo‘nalishi bo‘yicha bakalavr darajasini tamomlagan. Hozirda Qo‘qon universiteti Xalqaro hamkorlik departamentida Xalqaro dasturlar va shartnomalar bo‘yicha mutaxassis lavozimida faoliyat yuritadi. Asosiy vazifalari: • Xalqaro universitetlar va tashkilotlar bilan hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish va rivojlantirish; • Xalqaro hamkorlik shartnomalari, Memorandum of Understanding (MoU) va boshqa kelishuv hujjatlarini tayyorlash hamda muvofiqlashtirish; • Talabalar va professor-o‘qituvchilar uchun xalqaro almashinuv dasturlarini tashkil etish; • Xalqaro ta’lim dasturlari, yozgi maktablar, konferensiyalar va akademik loyihalar bo‘yicha hamkorlikni muvofiqlashtirish; • Xorijiy hamkor universitetlar bilan muntazam muloqot olib borish; • Talabalarning xalqaro dasturlar va akademik mobillik imkoniyatlarida ishtirok etishini tashkil etish; • Xalqaro hamkorlik doirasidagi hujjatlar, takliflar va rasmiy yozishmalarni yuritish; • Universitetning xalqaro aloqalari va hamkorlik geografiyasini kengaytirishga qaratilgan yangi imkoniyatlarni izlash. O‘z faoliyati davomida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, talabalar uchun yangi akademik imkoniyatlar yaratish hamda Qo‘qon universitetining xalqaro maydondagi hamkorlik aloqalarini kengaytirishga hissa qo‘shib kelmoqda.

Ravshanbek Abdurahimov
Xalqaro hamkorlik departamenti xalqaro grantlar bo'yicha o'rinbosari
Ravshanbek Abdurahimov — Xalqaro hamkorlik departamenti boshlig‘ining loyihalar bilan ishlash bo‘yicha o‘rinbosari. U siyosiy iqtisod, davlat siyosati va sotsiologiya sohalarida xalqaro ta’lim va professional tajribaga ega. Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida PhD darajasini olgan. Shuningdek, Belgiyadagi Université libre de Bruxelles’da (ULB) sotsiologiya bo‘yicha magistr, Germaniyadagi Willy Brandt School of Public Policy’da davlat siyosati bo‘yicha magistr hamda Buxarest Universitetida ijtimoiy va siyosiy fanlar bo‘yicha bakalavr darajasini olgan. Asosiy vazifalari: • universitetning xalqaro loyiha va grantlarini ishlab chiqish hamda muvofiqlashtirish; • xorijiy universitetlar, ilmiy markazlar va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni rivojlantirish; • Erasmus+, Horizon Europe va boshqa xalqaro dasturlarda universitet ishtirokini kengaytirish; • xalqaro akademik mobillik, stajirovka va qo‘shma ta’lim hamda ilmiy-tadqiqot tashabbuslarini rivojlantirish. Ravshanbek Abdurahimov O‘zbekiston va Yevropada ilmiy tadqiqotlar, xalqaro loyihalar va institutsional boshqaruv sohalarida tajribaga ega. U Lund Universitetining Huquq sotsiologiyasi departamentida hamda Berlindagi Stiftung Wissenschaft und Politik (SWP) tadqiqot institutida ilmiy faoliyat olib borgan. Shuningdek, Farg‘ona davlat texnika universitetida Xalqaro loyihalar va investitsiyalar bo‘limi boshlig‘i sifatida faoliyat yuritgan.

Madaminova Munisabonu
Xalqaro hamkorlik departamenti PO' va xodimlar mobilligi (almashinuvi) bo'yicha mutaxassis
Madaminova Munisabonu — Webster University bitiruvchisi bo‘lib, Teaching English to Speakers of Other Languages (MA TESOL) yo‘nalishi bo‘yicha magistrlik darajasini tamomlagan. Shuningdek, Mahsa University (Malaysia) Hons Islamic Finance, MDIST universitetlarida Hons Banking and Finance yo‘nalishi bo‘yicha bakalavr darajasiga ega. Ta’lim faoliyatini Malayziyaning Mahsa University universitetida Hons Islamic Finance yo‘nalishida boshlab, 4 semestr tahsil olgan. Keyinchalik o‘qishini Toshkentdagi MDIST universitetida Hons Banking and Finance yo‘nalishida davom ettirib, bakalavr darajasini tamomlagan. Bakalavriat davrida HR va marketing yo‘nalishlari bo‘yicha qo‘shimcha kurslarda tahsil olib, tegishli sertifikatlarga ega bo‘lgan. Shuningdek, Toshkent shahridagi SHAK'S Media advertising agency kompaniyasida stajirovka o‘tagan va keyinchalik 2 yil davomida Account Manager lavozimida faoliyat yuritgan. Hozirda Qo‘qon universitetining Xalqaro hamkorlik departamentida faoliyat yuritib, universitetning xalqaro aloqalari, xorijiy hamkorlar bilan hamkorlik va akademik mobillik yo‘nalishlarida ish olib bormoqda. Asosiy faoliyat yo‘nalishlari: · Xorijiy universitetlar va tashkilotlar bilan hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish va rivojlantirish; · Xalqaro hamkorlik shartnomalari, Memorandum of Understanding (MoU) va boshqa kelishuv hujjatlarini tayyorlash hamda muvofiqlashtirish; Professor-o‘qituvchilar uchun exchange, staff exchange va akademik mobillik imkoniyatlarini rivojlantirish; · Xorijiy delegatsiyalar tashriflari, xalqaro uchrashuvlar, seminarlar va onlayn konferensiyalarni tashkil etish; · Xorijiy hamkor universitetlar bilan muntazam professional muloqot va rasmiy yozishmalarni olib borish; · Xalqaro ta’lim dasturlari va akademik hamkorlik loyihalarini muvofiqlashtirish; · Universitetning xalqaro hamkorlik geografiyasini kengaytirish va yangi hamkorlik imkoniyatlarini izlash.
