Qoʻqon universiteti vakillari A.I.Gersen nomidagi pedagogika universitetidagi kutubxona bilan yaqindan tanishishdi





Qoʻqon universiteti vakillari A.I.Gersen nomidagi pedagogika universitetidagi kutubxona bilan yaqindan tanishishdi
Ayni paytda Rossiyaning A.I.Gersen nomidagi pedagogika universitetida malaka oshirayotgan professor-oʻqituvchilarimiz mazkur universitetning kutubxonasida boʻldilar.
Kutubxona bilan tanishish mobaynida XVII asrdan XX asrgacha boʻlgan 200 mingdan ziyod darslik oʻquv qoʻllanmalari, badiiy adabiyotlar, shuningdek, oʻquv zallari bilan yaqindan tanishishdi.
Shu bilan birga, Qoʻqon universitetining maxsus sovgʻasi topshirilib, oʻzaro hamkorlik qilishga kelishib olindi.



