Iqtisodiyot
Ta’lim shakli
Kunduzgi / Sirtqi
O‘quv muddati
4 yil
Kredit miqdori
240
Semester
8
Iqtisodiyot bakalavriat ta’lim yo'nalishida - nazariy va amaliy iqtisod haqida to‘liq tushuncha beriladi. Ushbu ixtisoslashgan darajada iqtisodni chuqur o‘rganish davomida, talaba matematika, statistika, ekonometrika, biznes va siyosat kabi ko'plab boshqa fanlardan g'oyalar va usullardan foydalanadi. Bizning bitiruvchilarimiz ish joylari uchun yetuk va tajribali kadr bo‘lib yetishishadi va soha bo’yicha yuqori malakaga ega bo‘lishadi.
Kredit miqdori: 6 Semester: Kuzgi
Mazkur fanni o‘rganish davomida talaba:
– iste’mol tovar va xizmatlariga bo‘lgan talab va taklif qonunlari asosida bozorlarni tahlil qilish va xulosalar yasashni; talab va taklif funksiyalarini keltirib chiqarishni, elastiklik koeffitsientlarini hisoblash va ular asosida bozordagi holatni tahlil va prognoz qilishni bilishi va ulardan foydalana olishi;
–bozorning ishlash samaradorligi va unga ta’sir qiluvchi omillarni tahlil qilish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi;
– aholi daromadlari va ularning taqsimlanishini, davlatning bozor iqtisodiyotiga aralashuvi oqibatlarini tahlil qilish asosida xulosalar chiqarish malakasiga ega bo‘lishi ta’minlanadi
Kredit miqdori: 6 Semester: Kuzgi
Mazkur fanni o‘rganish davomida talaba:
– iqtisodiy taraqqiyotning nazariy asosi hisoblangan g’oyalar va iqtisodiy ta’limotning mazmuni, iqtisodiy rivojlanishning qonuniyatlarini, amal qilish mexanizmi va namoyon bo’lish shakllarini milliy iqtisodiyotning rivojlanishida ijodiy qo’llashga oid tavsiyalar ishlab chiqish imkonini beruvchi amaliy ko`nikmalariga ega bo`lishi;
– iqtisodiy ta’limotlar, g’oyalar va ilmiy qarashlarni qiyosiy tahlil etish, mamlakatlarning iqtisodiy rivojlanish bosqichlarini aniqlash borasida malakaviy ko’nikmani hosil qilish, iqtisodiy ta'limotlar, g‘oyalar va ilmiy qarashlarni aniqlash borasida malakaga ega bo`lishi ta’minlanadi.
Kredit miqdori: 6 Semester: Bahorgi
Mazkur fanni o‘rganish davomida talaba:
- biznes kommunikatsiya korhona boshqaruvida tutgan o`rni, uni muhimligi va kommunikatsiya turlarini o`rganadi.
- samarali kommunikatsiya yordamida hodimlarni ruhlantirish, ularga motivatsiya berishga ularni ma`naviy holatini yahshilashni o`rganadi. Yaxshi biznes kommunikatsiya yordamida hodimlar o`rtasida do`stona atmosfera yaratish mumkinligi, natijada bu ish samaradorligini va unumdorligini oshirishini tushunib yetadi;
- rasmiy va norasmiy kommunikatsiya turlari hamda ularning ustunliklari to`g`risida nazariy tushuncha hosil qiladi. Kommunikatsiya jarayonida duch kelish mumkin bo`lgan cheklovlar turlarini va samarali kommunikatsiya prinsiplarini o`rganadi;
- og`zaki kommunikatsiya (yuzma-yuz suhbat) qoida va tartiblarini o`rganadi, ish yuritishda muhim jarayonlar: konferensiyalar, seminarlar, guruh muzokaralrini tashkillashtirish va olib borishni o`rganadi;
Kredit miqdori: 6 Semester: Bahorgi
Mazkur fanni o‘rganish davomida talaba:
– makroiqtisodiy ko’rsatkichlarni hisoblash; asosiy makroiqtisodiy modellarning o’zgaruvchilarini aniqlash va tenglamalarini tuzish, milliy va jahon iqtisodiyoti darajasida bozor mexanizmi qanday amal qilishini tahlil qilish usullarini bilishi va ulardan foydalana olishi;
– iqtisodiy jarayonlarni tahlil qilishda makroiqtisodiy modellarni qo’llash; makroiqtisodiy ko’rsatkichlarni tahlil qilish; makroiqtisodiy siyosatning natijalarini prognoz qilish va mavjud muammolarning yechimlarini topishga doir ko`nikmalarga ega bo‘ladi.
Kredit miqdori: 6 Semester: Kuzgi
Mazkurfanni o`rganish davomida talaba:
– erkin bozor sharoitida menejmentning asosiy maqsadi va vazifalarini, menejment nazariyasining shakllanishi va rivojlanishini, boshqarish usullari, funksiyalari, tamoyillarini boshqarishning tashkiliy tuzilmalarini va ko’rinishlarini hamda ularning biznesdagi ahamiyatini bilishivaulardan foydalanaolishi;
– bozor iqtisodiyotiga o’tish sharoitida korxonani rivojlantirish yo’llarini qidirib topish, menejment faoliyatini yangi va zarur axborot bilan ta’minlash, bozor konyukturasini o’rganish, prognozlash va uning asosida tegishli qarorlar qabul qila olish ko`nikmalariga ega bo`lishi kerak;
– talaba ishlab chiqarish korxonalari faoliyatini yanada rivojlantirishda menejment usullari va funksiyalaridan, menejment tamoyillaridan foydalanish, vaziyatdan kelib chiqib qaror qa’bul qilish va uning bajarilishini nazorat qilish, malakasiga ega bo`lishi ta`minlanadi.
Kredit miqdori: 6 Semester: Kuzgi
Mazkur fanni o‘rganish davomida talaba:
- mahsulot va xizmatlarni boshqarish mohiyati, operatsiyalarni boshqarish, tashkilotlarning tovar va xizmatlarni ishlab chiqarish jarayonini;
-mahsulot va xizmatlarni boshqaruvini tashkil qiladigan menejerlar vazifalarini;
- mahsulot va xizmatlarni vujudga keltirish bosqichlari, strategiyalarini dunyoning yetakchi kompaniyalari misolida o’rganadi;
- iste’molchilarning mahsulot va xizmatalarga bo’lgan talablarini o’rganish, kompaniyaning asosiy maqsadlarini belgilab olish hamda uning bozor, ta`minotchi va umuman olganda butun dunyo bilan o’zaro munosabatlarini aniqlab berish to`g`risida tushuncha hosil qiladi;
- yangi ishlab chiqilgan mahsulot yoki xizmatni bozorga chiqarish chora tadbirlari va tadbirkorlar duch kelishi mumkin bo`lgan holatlar va to‘siqlarni o`rganadi.
Kredit miqdori: 6 Semester: Kuzgi
Mazkur fanni o‘rganish davomida talaba:
– iqtisodiyotni tartibga solish va rag’batlantirishda moliyadan foydalanishni, tovar va pul munosabatlarini ishlab chiqarishni, iqtisodiy qonunlarni, tushunchalarni, kategoriyalarni, bozor ishtirokchilari xususiyatlarini bilish va ulardan foydalana olishi;
– bozor iqtisodiyoti, pul, moliyaning ijtimoiy-iqtisodiy moxiyati va nazariy-uslubiy asoslari, davlat moliyasi va uning bo’g’inlari kategoriyalar to’g’risida tasavvurga ega bo’lishi;
– bundan tashqari bank, soliq tizimi va sug’urta sohalari faoliyati umumiy tarzda o’rganish;
bozor iqtisodiyoti sharoitida pul aylanmasini tashkil etilishini tahlil qilish, mamalakatda moliyaviy munosabatlarga baho berish malakasiga ega bo’lish ta’minlanadi.
Kredit miqdori: 6 Semester: Kuzgi
Mazkur fanni o‘rganish davomida talaba:
– biznesning mohiyati, tadbirkorlik faoliyatini boshlash, uning tashkiliy-huquqiy asoslarini yuritish, imtiyoz va rag`batlarni amalda qo`llashni bilishi va ulardan foydalana olishi;
– tadbirkorlik faoliyatini amaliy tashkil etish, bozor va hamkorlar bilan ishlash, shartnomalarni tuzish, sotish va sotib olish, boshqaruv samaradorligini ta’minlashga oid ko`nikmalariga ega bo`lishi kerak;
– biznesni tashkil qilish jarayonlari, uni boshqarish va bozorga zarur tovarni yoki xizmatni taklif qilish qonun-qoidalari to`g`risida malakasiga ega bo`lishi ta`minlanadi.
Kredit miqdori: 6 Semester: Kuzgi
Mazkur fanni o‘rganish davomida talaba:
– marketing asoslari yuzasidan barcha umumiy ma’lumotlar, marketingni maqsad va vazifalarni hamda ularning turlari, haridorlarga ta’sir etuvchi omillariga oid bilimlarga ega bo’ladi. Shu jumladan, marketingni shakllantirish, amalga oshirish, uni rivojlantirish bo‘yicha bilimlarni to‘liq o‘zlashtiradi;
– xaridorning talab va ehtiyojini aniqlashda, bozorning xolatinini o’rgangan holsa kerakli tavar va xizmatlarni taklif etishda marketingni roli katta. Mahalliy va xalqaro bozorlarda bo’layotgan mavjud xolatlar va real keyslar yordamida marketing strategiyalari va nazariyalarini tahlil qilish orqali ko‘nikmalarga ega bo‘ladi;
– marketingni rivojlantirish, shakllantirish yuzasidan olingan ko‘nikmalarni amalda qo‘llash, dunyo tomonidan tan olingan marketing nazariyalarini (Micael Porter’s Five, SWOT, GE matritsasi, Maslow's hierarchy of needs, PESTEL Analysis) amaliyotda qo‘llash va ularni mahalliy va dunyo bozorlarini o’rgangan holda joriy etish malakasiga ega bo‘ladi.
Kredit miqdori: 6 Semester: Kuzgi
Mazkur fanni o‘rganish davomida talaba:
- inson resurslarini boshqarishni strategik nuqtai nazardan o‘rganib chiqadi. Bundan tashqari, kadrlar strategiyasi, rejalashtirish va yollash, kadrlar bilan ta’minlash, o‘rganish va rivojlantirish, saqlash, ishlashni boshqarish, mehnatga haq to‘lash, imtiyozlar va kadrlarni boshqarishga oid bo‘lgan mavzular yoritilgan;
-o‘z navbatida, ushbu kurs davomida strategiya, menejment, ish tajribasi, mulohaza, tanqidiy fikrlash va ijodkorlik bo‘yicha va shaxsiy rivojlanishga oid bo‘lgan bilimlarga ega bo’ladi.
Kredit miqdori: 6 Semester: Kuzgi
Mazkur fanni o‘rganish davomida talaba:
- operatsion menejment mohiyati, operatsiyalarni boshqarish, tashkilotlarning tovar va xizmatlarni ishlab chiqarish jarayonini o`rganadi. Mahsulot va xizmatlarni ishlab chiqarishni tashkil qiladigan operatsion menejerlar vazifalarini o`rganadi;
- jarayonlarni boshqarish mohiyati - marketing, sotish va moliya, ichki "mijozlarga" marketing rejalari, sotish prognozlari, byudjetlar kabi xizmatlar haqida tushuncha hosil qiladi;
- operatsiyalar va jarayonlar boshqaruvi imkoniyatlari va uni korhonlarga strategik ta’sirlari, jarayonlarni turlari va ular ish jarayonida aks ettirilishini o`rganadi;
- operatsion va jarayonlar boshqaruvini qo`llash biznesda uzoq muddatga strategik ustunlikni ta`minlanishini, va natijada raqobat bardoshlikni oshishiga xizmat qilishini tushunib yetadi;
- mijozlar doim yangilik va innovatsiyalar istashini, buni to’liq tushinib yetgan korhonalar raqobatchilariga qaraganda kattaroq muvofaqiyatlarga erishishi mumkinligi o`rganadi.
Kredit miqdori: 6 Semester: Kuzgi
Mazkur fanni o‘rganish davomida talaba:
– korporativ boshqaruvda biznes etikasi qoidalariga amaliy nuqtai nazardan yondashish, konseptual asoslarga, xavf-xatarlarga, muammolarga va biznesning haqiqiy dunyosida yuzaga keladigan dilemmalarga e’tibor qaratish va ularni hal etish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi;
– tashkilotlarda axloqiy qarorlarni guruhlarda, jamoalar ichida muhokama qilishni va tengdoshlari bilan munozarani o‘z ichiga olganligini tasvirlash, tashkiliy-axloqiy qarorlarni qabul qilish va qanday ishlashini tushunishda duch keladigan qiyinchiliklarga tayyorlanish va ularni bartaraf etish yo‘llari hamda biznes etika qoidalarini qo‘llash malakasiga ega bo‘lishi ta’minlanadi.
Kredit miqdori: 3 Semester: Kuzgi
Mazkur fanni o`rganish davomida talaba:
– biznes psixologiyasining mohiyati va asosiy tushunchalari haqida tasavvurga ega bo’lishi;
– ishbilarmonlik aloqalarini tashkil etish va o'tkazishning psixologik xususiyatlarini bilish va ulardan foydalana olish;
– muvaffaqiyatli biznesmenning psixologik jihatdan o'ziga xos xususiyatlarini egallash ko’nikmalariga ega bo’lishi kerak.
Kredit miqdori: 6 Semester: Bahorgi
Mazkur fanni o`rganish davomida talaba:
– erkin bozor sharoitida menejmentning asosiy maqsadi va vazifalarini, menejment nazariyasining shakllanishi va rivojlanishini, boshqarish usullari, funksiyalari, tamoyillarini boshqarishning tashkiliy tuzilmalarini va ko’rinishlarini hamda ularning biznesdagi ahamiyatini bilishi va ulardan foydalana olishi;
– talaba ishlab chiqarish korxonalari faoliyatini yanada rivojlantirishda menejment usullari va funksiyalaridan, menejment tamoyillaridan foydalanish, vaziyatdan kelib chiqib qaror qa’bul qilish va uning bajarilishini nazorat qilish, boshqaruv jarayonida va umuman jamiyatda ro’y berayotgan o’zgarishlarni yangiliklarni tez va puxta amaliyotda qo’llash hamda samarali faoliyat olib borish malakasiga ega bo`lishi ta`minlanadi.
Kredit miqdori: 6 Semester: Bahorgi
Mazkur fanni o`rganish davomida talaba:
– dunyo va mahalliy korxona va firmalarda yuzaga kelgan muammo va yechimlar, xavf-xatarlarni oldini olish bo‘yicha ishlab chiqilgan usullarni real keyslar bilan o‘rganib boriladi. Shuningdek, mavzu doirasida savollar, o‘yinlar, mashqlar bilan malaka oshirib boradi;
– olingan nazariy va amaliy bilimlar bilan talabalar firm ava korxonalarda PR menejment bo‘yicha ko‘nikmalarga ega bo‘lishadi. Xususan sodir bo‘layotgan yoki bo‘lishi mumkin bo‘lgan ichki va tashqi muammo va xavf-xatarlarni to‘g‘ri baholay olib, ularga qarshi yechimlar ishlab chiqadi.
Kredit miqdori: 6 Semester: Bahorgi
Mazkur fanni o`rganish davomida talaba:
- kurs sanoat tahlili masalalarini, tashqi muhitdagi imkoniyatlar va tahdidlarni, firmaning ichki resurslari va imkoniyatlarini, raqobat va raqobat dinamikasini o'rganadi. Bundan tashqari, u texnologiya strategiyasi, korporativ diversifikatsiya, ko'p millatli biznes, korporativ boshqaruv va korporativ ijtimoiy mas'uliyat bilan bog'liq mavzularni qamrab oladi.
Kredit miqdori: 6 Semester: Bahorgi
Mazkur fanni o‘rganish davomida talaba:
– xalqaro biznes asoslari yuzasidan barcha umumiy ma’lumotlar, globallashuv va biznesni kengaytirish hamda xalqaro biznes turlari, biznesning ichki va tashqi muhitga ta’siriga oid bilimlarga ega bo’ladi. Shu jumladan, o’z biznesini yo’lga qo’yish, uni xalqaro darajaga olib chiqish, uni rivojlantirish bo‘yicha bilimlarni to‘liq o‘zlashtiradi;
– xalqaro biznes mamlakatlardagi yirik bozorlarni tahlil qilishda asosiy vosita hisoblanadi. Dunyo xaridorlarining talab va ehtiyojini aniqlashda, ularning xilma-xilligini o’rgangan holda kerakli mahsulot va xizmatlarni taklif etishda xalqaro biznesning roli katta. Mahalliy va xalqaro bozorlarda bo’layotgan mavjud xolatlar va real keyslar yordamida xalqaro biznesni boshqarish strategiyalari va nazariyalarini tahlil qilish orqali ko‘nikmalarga ega bo‘ladi.
Kredit miqdori: 6 Semester: Kuzgi
Mazkur fanni o‘rganish davomida talaba:
– ilmiy-tadqiqot yo‘nalishlarini tanlash va ilmiy-tadqiqot ishlari bo‘yicha xo‘losalar chiqarishni; ilmiy axborotlarni qidirishni, to‘plash va ularni qayta ishlashni; nazariy tadqiqotlar mohiyatini anglashni; eksperimental tadqiqotlar o‘tkazishni usul va uslublarini; ilmiy mavzuni tanlashni va bu bo‘yicha axborotlarni yig‘ishni; ilmiy tadqiqotlar natijalarini rasmiylashtirishni bilimlarni to‘liq o‘zlashtiradi;
– tadqiqot jarayonini tavsiflash, hulosalarni ta`riflash va olingan natijalarni baholash, empirik va nazariy tadqiqot usullarini farqlash, tadqiqot rejasinini ishlab chiqish, ilmiy tadqiqotning metologik tamoyillari, ilmiy loyihalarni tuzish, ilmiy izlanishlarning yo`nalishlari haqida ko‘nikmalarga ega bo‘ladi.
Kredit miqdori: 6 Semester: Kuzgi
Mazkur fanni o‘rganish davomida talaba:
- risklarni baholash usullari va aktivlarni himoya qilishni ta'minlaydigan bir qator strategiyalarni qanday amalga oshirish haqida bilib olish. Korxona aktivlari, zaif jihatlari , tahdidlar va xavflar o'rtasidagi bog’liqlikni o’rganish;
- shuningdek, sohadagi bir qator dolzarb amaliy tadqiqotlar o’rganish orqali, hozirgi kelajakdagi kasbiy faoliyatda to'g'ridan-to'g'ri qo'llanilishi mumkin bo'lgan xavf-xatarlarni modellashtirish va biznesning uzluksizligini rejalashtirish bilan bog'liq ko'nikmalar ega bo’lishadi.
Kredit miqdori: 6 Semester: Kuzgi
Mazkur fanni o‘rganish davomida talaba:
- loyihalar maqsadga yo'naltirilgan bo'lishini, o'zaro bog'liq faoliyatni muvofiqlashtirilgan holda amalga oshirilishini, cheklangan muddatga ega bo‘lishini va barchasi ma'lum darajada noyobligini bilishi;
- talaba truli xil sanoat korxonalari faoliyatini yanada rivojlantirishda loyiha menejmenti usullari va funksiyalaridan, menejment tamoyillaridan foydalanish, vaziyatdan kelib chiqib qaror qa’bul qilish va uning bajarilishini nazorat qilish, boshqaruv jarayonida va loyiha boshqaruvi jamoasini shakllantrish va ularni boshqarishni amaliyotda qo’llash malakasiga ega bo`lishi ta`minlanadi.
Kredit miqdori: 6 Semester: Bahorgi
Mazkur fanni oʼrganish davomida talaba:
– biznes huquqining mohiyati, obʼyektiv zarurligi va ilmiy-nazariy asoslarini tushunishi, biznes huquqi tizimi funktsiyalari va ulardan to‘g‘ri foydalanish haqida tushunchaga ega bo‘lishi, biznes huquqi tizimi printsiplari va ularning biznes huquqi munosabatlarini to‘g‘ri tashkil qilishdagi ahamiyatini tushunishi, biznes huquqining shakllari va vazifalarini bilishi va ulardan foydalana olishi;
– biznes huquqining instrumentlari va manbalaridan foydalana olishi, ularning makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarga taʼsirini tahlil qilishi, biznes huquqi tizimi munosabatlarini to‘g‘ri tashkil qilish va boshqarish usullarini bilishi va uni modernizatsiyalash orqali rivojlantirish yo‘llarini ishlab chiqish ko‘nikmalariga ega bo‘ladi.
Kredit miqdori: 6 Semester: Bahorgi
Mazkur fanni o‘rganish davomida talaba:
– bozor iqtisodiyotiga o’tish sharoitida korxonani rivojlantirish yo’llarini qidirib topish, menejment faoliyatini yangi va zarur axborot bilan ta’minlash, bozor konyukturasini o’rganish, prognozlash va uning asosida tegishli qarorlar qabul qila olish ko`nikmalariga ega bo`lishi kerak;
– talaba ishlab chiqarish korxonalari faoliyatini yanada rivojlantirishda menejment usullari va funksiyalaridan, menejment tamoyillaridan foydalanish, vaziyatdan kelib chiqib qaror qa’bul qilish va uning bajarilishini nazorat qilish, boshqaruv jarayonida va umuman jamiyatda ro’y berayotgan o’zgarishlarni yangiliklarni tez va puxta amaliyotda qo’llash hamda samarali faoliyat olib borish malakasiga ega bo`lishi ta`minlanadi.
Kredit miqdori: 6 Semester: Bahorgi
Mazkur fanni o‘rganish davomida talaba:
– jahon iqtisodiy munosabatlar nazariyasi va metodologiyasini, jahon bozori va uning turli segmentlarining mohiyati, vazifalari va tashkiliy jihatlarini; jahon kon’yunktura bozorlarida hosil bo‘layotgan jarayonlarni tahlil qilish va baholash usullarini bilish va ularni ham nazariy, ham amaliy qo‘llay olish bilimlariga ega bo‘lishi;
– xorijiy mamlakatlar tajribalarini yurtimiz iqtisodiyotining turli yo‘nalishlarini takomillashtirishda foydalana olish ko‘nikmalariga ega bo‘ladi.
Kredit miqdori: 6 Semester: Kuzgi
Mazkur fanni o‘rganish davomida talaba:
– moliyaviy hisob xalqaro standart asoslari, kompaniyalarning moliyaviy hisobini xalqaro standart asosida yuritish;
– kompaniya iqtisodiy mablag‘lari va ularni kelib chiqish manbaalarini, kompaniya ichki va tashqi foydalanuvchilar uchun iqtisodiy faktlarga asoslangan hisobotlarni tuzish, shubhali debitorlik qarzlarini baholash va rezervlar yaratish, pul oqimlarini diskontlash, annuitetlar yordamida investitsiya imkoniyatlarini ishlab chiqish, aksiyadorlik kapitali va qimmatli qog‘ozlar hisobini yuritish va qayta baholash ko‘nikmalariga ega bo‘lishi;
– investitsiya jalb qilish maqsadida foydalaniladigan ma’lumotlarni ishlab chiqish hamda investorlarga va tashqi foydalanuchilarga taqdim etish, kompaniyaga investitsiya kiritish malakasiga ega bo‘lishi ta‘minlanadi.
Baholash tizimi
№ | Baho (A+) | Foiz | 4.5 Shkala |
---|---|---|---|
1 | А+ | 90-100 | 4.5 |
2 | А | 80-89 | 4 |
3 | В+ | 75-79 | 3.5 |
4 | В | 70-74 | 3 |
5 | C+ | 65-69 | 2.5 |
6 | C | 60-64 | 2 |
7 | D | 50-59 | 1 |
8 | F | 0-49 | 0 |