Qo‘qon universitetining rasmiy saytiga xush kelibsiz!
Qo‘qon universiteti sizga ertangi yuksalish uchun ilm va kuch beradi. Biz Sizga o‘rganishingiz va o‘sishingiz mumkin bo‘lgan barcha imkoniyatlarni taqdim etamiz! O‘zingiz maqsad qilgan kelajakni yaratish uchun zamonaviy 10 ta mutaxassislikdan aynan sizga kerakligini tanlashingiz mumkin.
Qo‘qon universiteti talabalari safiga qo‘shiling hamda ertangi kunga va munosib martabaga tayyorlaning!
O‘zbekistonning iqtisodiyoti va ta’lim tizimida tub o‘zgarishlar amalga oshirilmoqda. Iqtisodiyot va biznes, turizm yo‘nalishida faoliyat yuritish uchun katta imkoniyatlar yaratilyapti. O‘zbekistondagi birinchi nodavlat mustaqil universitet sifatida biz Qo‘qon universitetida sizga iqtisodiyot va ta’lim yo‘nalishlarida xalqaro darajadagi oliy ta’limni taqdim etamiz. Dunyoning eng nufuzli universitetlari bilan akademik hamkorlikda sizlarga maqsadlaringizga oson eltadigan bilim va ko‘nikmalar beramiz. Biz yetuk biznes bitiruvchilarini tayyorlash uchun professional akademik kadrlarni jalb etamiz, mamlakatning yetakchi tadbirkorlari biznes mahoratidan bahramand bo‘lishingizni ta’minlaymiz.
Bizning maqsadimiz akademik jihatdan keng qamrovli va ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan bilimga, muhimi amaliyotga asoslangan tajriba va ko‘nikmaga ega mutaxassislar tayyorlashdir. Ertangi orzularingiz poydevorini qurish va amalga oshirishni istasangiz talabalarimiz safiga albatta qo‘shiling!
Biz haqimizda!
Qo‘qon universiteti (ing. Kokand University) – Farg‘ona viloyatining Qo‘qon shahridagi birinchi nodavlat universiteti. Universitet shaharning markazi – Turkiston ko‘chasida joylashgan. Qo‘qon universiteti O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 17-avgustdagi 683-sonli "Qo‘qon universitetini tashkil etish to‘g‘risida"gi qaroriga binoan nodavlat oliy ta’lim muassasasi sifatida faoliyat yuritadi. Qaror bilan Universitetga xalqaro e’tirof etilgan reytinglarning (Times Higher Education – THE, Quacquarelli Symonds – QS) top-1000 talik ro‘yxatiga kirgan oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik o‘rnatish, shuningdek, kunduzgi, sirtqi-masofaviy va maxsus sirtqi ta’lim shakllarida bakalavr yo‘nalishlari mutaxassisliklari dasturlari asosida o‘qitish huquqi berilgan. Universitet o‘z faoliyatini Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan berilgan litsenziya asosida olib boradi. Vazirlar Mahkamasining Qarori va “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunning 31-bandiga muvofiq, Qo‘qon Universitetining diplomlari O‘zbekiston Respublikasida oliy ma’lumot to‘g‘risidagi hujjat sifatida tan olinadi.
Universitetda O‘zbekistonning barcha viloyatlari yoshlari oliy ta’lim bilan qamrab olingan.