Universitet missiyasi

Universitet missiyasi - ilm-fan, taʼlim va innovatsiyalarni rivojlantirish orqali iqtisodiyot va insoniyat taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shish, kelajak yetakchilarini tayyorlash.

Missiyaning asosiy yo‘nalishlari: ilm-fan, taʼlim va ishlab chiqarish integratsiyasi doirasida iqtisodiyot muammolari yechimini ilmiy asoslab berish; iqtisodiyot tarmoqlari uchun mehnat bozorida raqobatbardosh zamonaviy iqtisodiy bilim va amaliy ko‘nikmalarga ega malakali kadrlar tayyorlash; mamlakatning barqaror rivojlanishida innovatsion texnologiyalar ishlab chiqish va joriy etishda faol ishtirok etish; barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish uchun inson kapitalini rivojlantirishga munosib hissa qo‘shish; yetakchi xorijiy oliy taʼlim muassasalarining ilg‘or tajribalari asosida doimiy rivojlanishni taʼminlash. Universitet missiyasi va uning asosiy yo‘nalishlari “5 I” tamoyiliga asoslanadi.