Maxsus pedagogika
Ta’lim shakli
Kunduzgi
O‘quv muddati
4 yil
Kredit miqdori
240
Semester
8
Maxsus pedagogika bakalavriat ta’lim yo'nalishida – sogʻlom hamda nogironligi boʻlgan/imkoniyati cheklangan bolalar bilan ishlash uchun zaruriy pedagog kadrlarni tayyorlaydi.
Kredit miqdori: 6 Semester: Kuzgi
Mazkur fanni oʼrganish davomida talaba:
- mahsulot va xizmatlarni boshqarish mohiyati, operatsiyalarni boshqarish, tashkilotlarning tovar va xizmatlarni ishlab chiqarish jarayonini o`rganadi. Mahsulot va xizmatlarni boshqaruvini tashkil qiladigan menejerlar vazifalarini o`rganadi;
- mahsulot va xizmatlarni vujudga keltirish bosqichlari, strategiyalarini dunyoning yetakchi kompaniyalari misolida o’rganadi;
- mahsulot va xizmatlar boshqaruvi imkoniyatlari va uni korhonlarga strategik ta’sirlari, jarayonlarni turlari va ular ish jarayonida aks ettirilishini o`rganadi;
- mahsulot va xizmatlar boshqaruvini qo`llash biznesda uzoq muddatga strategik ustunlikni ta`minlanishini, va natijada raqobat bardoshlikni oshishiga xizmat qilishini tushunib yetadi;
- mijozlar doim yangilik va innovatsiyalar istashini, buni ton ma’noda tushinib yetgan korxonalar raqobatchilariga qaraganda kattaroq muvofaqiyatlarga erishishi mumkinligi o`rganadi;
- iste’molchilarning mahsulot va xizmatalarga bo’lgan talablarini o’rganish, kompaniyaning asosiy maqsadlarini belgilab olish hamda uning bozor, ta`minotchi va umuman olganda butun dunyo bilan o’zaro munosabatlarini aniqlab berish to`g`risida tushuncha hosil qiladi;
- yangi ishlab chiqilgan mahsulot yoki xizmatni bozorga chiqarish chora tadbirlari va tadbirkorlar duch kelishi mumkin bo`lgan holatlar va qiyinchliklarni o`rganadi.
Kredit miqdori: 6 Semester: Bahorgi
Mazkur fanni o‘rganish davomida talaba:
– biznes etikasining mohiyatini tushunish, tashkilotlarda axloqiy qarorlarni samarali qabul qilish hamda ularda ishtirok etish bilimlariga ega bo‘lishi;
– korporativ boshqaruvda biznes etikasi qoidalariga amaliy nuqtai nazardan yondashish, konseptual asoslarga, xavf-xatarlarga, muammolarga va biznesning haqiqiy dunyosida yuzaga keladigan dilemmalarga e’tibor qaratish va ularni hal etish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi;
– tashkilotlarda axloqiy qarorlarni guruhlarda, jamoalar ichida muhokama qilishni va tengdoshlari bilan munozarani o‘z ichiga olganligini tasvirlash, tashkiliy-axloqiy qarorlarni qabul qilish va qanday ishlashini tushunishda duch keladigan qiyinchiliklarga tayyorlanish va ularni bartaraf etish yo‘llari hamda biznes etika qoidalarini qo‘llash malakasiga ega bo‘lishi ta’minlanadi.
Kredit miqdori: 6 Semester: Bahorgi
Mazkur fanni o‘rganish davomida talaba:
- biznes kommunikatsiya korhona boshqaruvida tutgan o`rni, uni muhimligi va kommunikatsiya turlarini o`rganadi. Samarali biznes kommunikatsiyadan foydalanib biznesda ijobiy natijalarga erishadi;
- samarali kommunikatsiya yordamida hodimlarni ruhlantirish, ularga motivatsiya berishga ularni ma`naviy holatini yahshilashni o`rganadi. Yahshi biznes kommunikatsiya yordamida hodimlar o`rtasida do`stona atmosfera yaratish mumkinligi, natijada bu ish samaradorligini va unumdorligini oshirishini tushunib yetadi;
- biznesda kommunikatsiya maqsadlari va ularning roli, kommunikatsiya turlari, ko`rsatma berish, integratsiyalash, ma`lumot berish, baholash yo`nalish berish, o`rgatish, ta`sir o`tkazish, tasavvur yaratish, hodimlarni yo`naltirish turlarini o`rganadi;
- rasmiy va norasmiy kommunikatsiya turlari hamda ularning ustunliklari to`g`risida nazariy tushuncha hosil qiladi. Kommunikatsiya jarayonida duch kelish mumkin bo`lgan cheklovlar turlarini va samarali kommunikatsiya prinsiplarini o`rganadi;
- ariza hati, rezyume, CV yozishga va ishga kirish uchun suhbattan o`tish (interview) to`g`risida amaliy ko`nikma hosil qiladi;
- og`zaki kommunikatsiya (yuzma yuz suhbat) qoida va tartiblarini o`rganadi, ish yuritishda muhim jarayonlar: konferensiyalar, seminarlar, guruh muzokaralrini tashkillashtirish va olib borishni o`rganadi.
Kredit miqdori: 6 Semester: Kuzgi
Mazkur fanni o‘rganish davomida talaba:
- biznesning mohiyati, biznes treninglar o`tish bo`yicha maqsadli auditoriyani aniqlash, biznes modellari, narxlar va maqsadlarni belgilash, konsalting xizmatini tashkil qilish, huquqiy biznes tuzilmangizni yaratish uchun unga tegishli litsenziyasini rasmiylashni amalda qo‘llashni bilishi va ulardan foydalana olishi;
- mijozlar bilan munosabatlarni boshqarish, loyihalarni boshqarish, veb-saytlar va ijtimoiy kanallaringizni ishga tushirish, biznes jarayonlarini optimallashtirish uchun protseduralar, dasturlar va xizmatlarni amalga oshirish oid ko‘nikmalariga ega bo‘lishi kerak.
- brendlash va marketing, shaxsiy tadbirlar, pitching orqali sarmoyadorlardan takliflar olish, muvaffaqiyatni kengaytirish va hodimlarni boshqarish,biznesda qo'shimcha daromad manbalarini ishlab chiqish malakasiga ega bo‘lishi ta’minlanadi.
Kredit miqdori: 3 Semester: Kuzgi
Mazkur fanni o`rganish davomida talaba:
- ushbu fan Ishbilarmonlik psixologiyasi va tashkiliy xulq-atvor psixologiya va tashkiliy xulq-atvor tamoyillari va tushunchalarini dolzarbligi va qo'llanishiga urg'u beradi. Biznes va ish dunyosiga tegishli hayotiy misollar, nazariyalar va tadqiqot natijalarga oid mavzular bo’yicha talabalarga yetkazilishi shart bo’lgan bilimlar va ko’nikmalarni o’z ichiga olgan.
Kredit miqdori: 6 Semester: Kuzgi
Mazkur fanni o‘rganish davomida talaba:
- brendlashtirish, brend arxitekturasi va uning turli xususiyatlari, brend orqali iste’molchilar bilan muloqot qilish va yangi xaridorlarni jalb etish, brendning biznesdagi ichki va tashqi muhitga ta’siriga oid bilimlarga ega bo’ladi. Shu jumladan, o’z brendini yaratish, uni xalqaro darajaga olib chiqish, uni rivojlantirish bo‘yicha bilimlarni to‘liq o‘zlashtiradi.
- brendlashtirish mamlakatlardagi yirik bozorlarni tahlil qilishda asosiy vosita hisoblanadi. Dunyo iste’molchilarining talab va ehtiyojini aniqlashda, ularning xilma-xilligini o’rgangan holda kerakli nom, mahsulot va xizmatlarni taklif etishda brend boshqaruvining roli katta. Mahalliy va xalqaro bozorlarda bo’layotgan mavjud xolatlar va real keyslar yordamida brendni boshqarish strategiyalari va nazariyalarini tahlil qilish orqali ko‘nikmalarga ega bo‘ladi.
- korxona va tashkilotlarni brendlashtirish, rivojlantirish, kengaytirish yuzasidan olingan ko‘nikmalarni amalda qo‘llash, dunyo tomonidan tan olingan xalqaro biznes nazariyalarini (Branding, rebranding, Brand audit, Brand management) amaliyotda qo‘llash va ularni mahalliy va dunyo bozorlarini o’rgangan holda joriy etish malakasiga ega bo‘ladi.
Kredit miqdori: 6 Semester: Bahorgi
Mazkur fanni o‘rganish davomida talaba:
- elektron tijorat va raqamli iqtisodiyot tizimining samaradorligi, unga ta’sir qiluvchi omillarni, raqobat va tavakkalchilik sharoitida optimal qaror qabul qilish usullarini, elektron tarmoqlar, Internet orqali amalga oshiriladigan biznes modelini, axborot va kommunikasiya texnologiyalarini bilishi va ulardan foydalana olishi;
- elektron tijorat va raqamli iqtisodiyotni shakllantirish, ularni amalga oshirish, elektron tijoratning asosiy modellarini tasniflash, xorijiy mamlakatlarda elektron tijoratning rivojlanishi va elektron tijoratni amalda qo‘llanishi bo‘yicha xulosalar chiqarish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi;
- elektron tarmoqlar, Internet orqali amalga oshiriladigan biznes modeli, tovarlarni, xizmatlarni va ma’lumotlarni elektron shaklda sotib olish-sotish jarayoni elektron tijorat dasturlari, qimmatli qog‘ozlar va aviachiptalarni sotish, muloqot qilish, hamkorlik qilish va ma’lumotlarni topish, elektron mijozlarga xizmat ko‘rsatish, elektron hukumat, ijtimoiy tarmoq, muammolarni hal qilish, aqlli tijorat, ijtimoiy tijorat, ijtimoiy hamkorlik qilish malakasiga ega bo‘lishi ta’minlanadi.
Kredit miqdori: 6 Semester: Bahorgi
Mazkur fanni o‘rganish davomida talaba:
- ushbu kursda siz to‘g‘ri va aqinli qarorlar - tashkilot faoliyati va firmaning raqobatbardosh ustunligiga qanday ta’sir qilishini tushunib yetasiz.
- ushbu kurs inson resurslarini boshqarishni strategik nuqtai nazardan o‘rganib chiqadi. Ushbu kursda kadrlar strategiyasi, rejalashtirish va yollash, kadrlar bilan ta’minlash, o‘rganish va rivojlantirish, saqlash, ishlashni boshqarish, mehnatga haq to‘lash, imtiyozlar va kadrlarni boshqarishga oid bo‘lgan mavzular yoritilgan. Ushbu kurs inson resurslarini boshqarish usullari va tashkiliy samaradorlik o‘rtasidagi bog‘liqlikni o‘rganadi.
- o‘z navbatida, ushbu kurs davomida strategiya, menejment, ish tajribasi, mulohaza, tanqidiy fikrlash va ijodkorlik bo‘yicha va shaxsiy rivojlanishga oid bo‘lgan ko‘plab mavzular yoritilgan.
- ushbu kursning asosiy maqsadi - firmaning muvaffaqiyatida inson resurslarini strategik boshqarishning o‘rni to‘g‘risida tushuncha va tushunchalarni rivojlantirishga, shuningdek, inson resurslarini boshqarishning asosiy funksiyalari, mavjud amaliyot va muammolar to‘g‘risida bilimlarga ega bo‘lishingizga yordam berishdir.
- HR funksiyasi elementlarini bilish (masalan, ishga qabul qilish, tanlash, o‘qitish va rivojlantirish va hk) va har bir elementning asosiy tushunchalari va terminologiyasi bilan tanishadi.
- kadrlar bilan ishlashning asosiy muammolarini aniqlash va umumiy muammolarni hal qilish uchun ushbu kurs davomida o‘rganilgan inson resurslarini boshqarish tamoyillari va usullarini qo‘llash.
- inson resurslarini boshqarish strategiyalarini ishlab chiqish va uni amalga oshirish mehanizmini yo‘lga qo‘yish, xorij tajribalarini o‘rgangan holda amaliyotga yangi bilimlarni joriy etish malakasiga ega bo‘lishi ta’minlanadi.
Kredit miqdori: 6 Semester: Kuzgi
Mazkur fanni oʼrganish davomida talaba:
- investitsiya munosabatlarini taqqoslash, ularning amaliy axamiyatini tushunish va mushohada yuritish asosida jahon bozori konʼyukturasini tahlil qilishni; investitsiya faoliyatini tasniflash va sinovdan oʼtkazishni; Investitsiya faoliyati operatsiyalarni amalga oshirishdagi risklarni farqlash hamda shu asosda takliflar ishlab chiqish, investitsiya faoliyatiga taʼsir koʼrsatadigan moliyaviy – iqtisodiy risklarni baholashni bilishi va ulardan foydalana olishi;
- investitsiya faoliyati sohasidagi muammolar: xozirgi trendlar; oʼtmishdagi tarix va xalqaro muassasalar, xalqaro iqtisodiy tashkilotlar, xorijiy mamlakatlar va transmilliy korporatsiyalarda moliyaviy boshqarish tizimi toʼgʼrisida zarur bilimlarga ega boʼlish va ulardan oʼz faoliyatida foydalana olishni; preferentsial investitsiya bitimlarining kelib chiqish sabablarini; Oʼzbekiston Respublikasining investitsiyaviy faoliyatiga oid iqtisodiy koʼrsatkichlarini tahlil qilish koʼnikmalariga ega boʼlishi;
- investitsiya loyihalarini amalga oshirishdagi risklarni tahlil qilish asosida statistik xatoliklarni aniqlash usullarini; Investitsiya loyihalari nizolari va diskriminatsiyasining optimal yechimlarini; Oʼzbekistonning investitsion xolatdagi integratsiyalashuvini taʼminlash masalalarini; transmilliy korporatsiyalar, xalqaro iqtisodiy tashkilotlar, integratsion guruhlar, xalqaro moliyaviy institutlar faoliyatini tashkil etish va boshqarish toʼgʼrisidagi bilimlardan amaliyotda foydalanilishini joriy etish malakasiga ega boʼlishi taʼminlanadi.
Kredit miqdori: 6 Semester: Kuzgi
Mazkur fanni oʼrganish davomida talaba:
- erkin bozor sharoitida menejmentning asosiy maqsadi va vazifalarini, menejment nazariyasining shakllanishi va rivojlanishini, boshqarish usullari, funksiyalari, tamoyillarini boshqarishning tashkiliy tuzilmalarini va ko’rinishlarini hamda ularning biznesdagi ahamiyatini bilishivaulardan foydalanaolishi;
- bozor iqtisodiyotiga o’tish sharoitida korxonani rivojlantirish yo’llarini qidirib topish, menejment faoliyatini yangi va zarur axborot bilan ta’minlash, bozor konyukturasini o’rganish,prognozlash va uning asosida tegishli qarorlar qabul qila olish ko`nikmalarigaegabo`lishikerak.
- talaba ishlab chiqarish korxonalari faoliyatini yanada rivojlantirishda menejment usullari va funksiyalaridan, menejment tamoyillaridan foydalanish, vaziyatdan kelib chiqib qaror qa’bul qilish va uning bajarilishini nazorat qilish, boshqaruv jarayonida va umuman jamiyatda ro’y berayotgan o’zgarishlarni yangiliklarni tez va puxta amaliyotda qo’llash hamda samarali faoliyat olib borish malakasigaegabo`lishita`minlanadi.
Kredit miqdori: 6 Semester: Kuzgi
Mazkur fanni o‘rganish davomida talaba:
- operatsion menejment mohiyati, operatsiyalarni boshqarish, tashkilotlarning tovar va xizmatlarni ishlab chiqarish jarayonini o`rganadi. Mahsulot va xizmatlarni ishlab chiqarishni tashkil qiladigan operatsion menejerlar vazifalarini o`rganadi;
- jarayonlarni boshqarish mohiyati - marketing, sotish va moliya, ichki "mijozlarga" marketing rejalari, sotish prognozlari, byudjetlar kabi xizmatlar haqida tushuncha hosil qiladi;
- operatsiyalar va jarayonlar boshqaruvi imkoniyatlari va uni korhonlarga strategik ta’sirlari, jarayonlarni turlari va ular ish jarayonida aks ettirilishini o`rganadi;
- operatsion va jarayonlar boshqaruvini qo`llash biznesda uzoq muddatga strategik ustunlikni ta`minlanishini, va natijada raqobat bardoshlikni oshishiga xizmat qilishini tushunib yetadi;
- mijozlar doim yangilik va innovatsiyalar istashini, buni ton ma’noda tushinib yetgan korhonalar raqobatchilariga qaraganda kattaroq muvofaqiyatlarga erishishi mumkinligi o`rganadi;
- operatsiyalar ta`minot zanjiri strukturasi va qamrovi operatsiyani bozor, ta`minotchi va umuman olganda butun dunyo bilan o’zaro munosabatlarini aniqlab berish to`g`risida tushuncha hosil qiladi;
- yangi ishlab chiqilgan mahsulotni bozorga chiqarish chora tadbirlari va tadbirkorlar duch kelishi mumkin bo`lgan holatlar va qiyinchliklarni o`rganadi.
Kredit miqdori: 6 Semester: Kuzgi
Mazkur fanni o‘rganish davomida talaba:
- hozirgi kunda loyiha boshqaruvi sanoat, qurilish, mehmondo`stlik, tehnoligik va ko`plab boshqa sanoat jabhlarida asosiy element sifatida e‘tiborga olinib kelinmoqda. Talaba loyiha boshqaruvining sanoat va biznesdagi ahamiyatini bilishi va loyiha boshqaruvining umumiy tamoyillaridan foydalana olishi;
- loyiha so‘ziga ko‘plan ta`riflar topilishi mumkin, lekin ushbu o‘quv dasturda talaba loyiha so‘ziga aniq tushuncha oladi, loyiha va jarayon o‘rtasidagi farqni anglab etishi;
- loyiha - bu xarajat, jadval va sifat parametrlari doirasida belgilangan maqsadlarga erishish uchun odamlar tomonidan amalga oshiriladigan boshlanishi va oxiri bo'lgan noyob jarayonlar jamlanmasi ekanligini bilishi.
- loyihalar maqsadga yo'naltirilgan bo'lishini, o'zaro bog'liq faoliyatni muvofiqlashtirilgan holda amalga oshirilishini, cheklangan muddatga ega bo‘lishini va barchasi ma'lum darajada noyobligini bilishi;
- talaba truli hil sanoat korxonalari faoliyatini yanada rivojlantirishda loyiha menejmenti usullari va funksiyalaridan, menejment tamoyillaridan foydalanish, vaziyatdan kelib chiqib qaror qa’bul qilish va uning bajarilishini nazorat qilish, boshqaruv jarayonida va loyiha boshqaruvi jamoasini shakllantrish va ularni boshqarishni amaliyotda qo’llash malakasiga ega bo`lishi ta`minlanadi.
Kredit miqdori: 6 Semester: Kuzgi
Mazkur fanni o‘rganish davomida talaba:
- risklarni baholash usullari va aktivlarni himoya qilishni ta'minlaydigan bir qator strategiyalarni qanday amalga oshirish haqida bilib olish. Korxona aktivlari, zaif jihatlari , tahdidlar va xavflar o'rtasidagi bog’liqlikni o’rganish.
- shuningdek, sohadagi bir qator dolzarb amaliy tadqiqotlar o’rganish orqali, hozirgi kelajakdagi kasbiy faoliyatda to'g'ridan-to'g'ri qo'llanilishi mumkin bo'lgan xavf-xatarlarni modellashtirish va biznesning uzluksizligini rejalashtirish bilan bog'liq ko'nikmalar ega bo’lishadi.
Kredit miqdori: 6 Semester: Kuzgi
Mazkur fanni o‘rganish davomida talaba:
- fanni oʼqitishdagi yangi pedagogik va axborot texnologiyalari. «Sifat menejmenti tizimi asoslari» fanini oʼkitish doimo yangi bilimlarga asoslanishi kerak. Аyniksa, yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanish fanni oʼkitishda yuqori samara keltiradi. Fanni oʼkitishda zamonaviy kompyuter texnologiyalari, keys-stadi masalalari, ishbilarmonlik uyinlari va amaliy uyinlardan keng mikyosda foydalaniladi. Bundan tashkari, amaliyotda sifatni boshqarish faoliyatiga tegishli bulgan iqtisodiy, texnologik va huquqiy xujjatlar oʼrganiladi.
- erkin bozor sharoitida menejmentning asosiy maqsadi va vazifalarini, menejment nazariyasining shakllanishi va rivojlanishini, boshqarish usullari, funksiyalari, tamoyillarini boshqarishning tashkiliy tuzilmalarini va ko’rinishlarini hamda ularning biznesdagi ahamiyatini bilishi va ulardan foydalana olishi;
- bozor iqtisodiyotiga o’tish sharoitida korxonani rivojlantirish yo’llarini qidirib topish, menejment faoliyatini yangi va zarur axborot bilan ta’minlash, bozor konyukturasini o’rganish, prognozlash va uning asosida tegishli qarorlar qabul qila olish ko`nikmalariga ega bo`lishi kerak.
- talaba ishlab chiqarish korxonalari faoliyatini yanada rivojlantirishda menejment usullari va funksiyalaridan, menejment tamoyillaridan foydalanish, vaziyatdan kelib chiqib qaror qa’bul qilish va uning bajarilishini nazorat qilish, boshqaruv jarayonida va umuman jamiyatda ro’y berayotgan o’zgarishlarni yangiliklarni tez va puxta amaliyotda qo’llash hamda samarali faoliyat olib borish malakasiga ega bo`lishi ta`minlanadi.
Kredit miqdori: 6 Semester: Bahorgi
Mazkur fanni o‘rganish davomida talaba:
- ushbu fan o'qishlar, ma'ruzalar, vaziyatlarni muhokama qilish va topshiriqlar kombinatsiyasi orqali talabalarni raqobatdosh ustunlikni yaratish va qo'llab-quvvatlashda biznes strategiyasining o'rni, turli masalalar va qarorlar bilan tanishtirishga yordam beradi. Kurs oxirida talabalar quyidagilarga ega bo'lishlari kerak:
- nima uchun ba'zi firmalar boshqalardan ustun ekanligini tahlil qilish;
- murakkab biznes vaziyatlarni hal qilish uchun strategiyalarni ishlab chiqish va baholash;
- ushbu strategiyalarni amalga oshirishda yuzaga kelishi mumkin bo'lgan muammolarni aniqlash.
- kurs sanoat tahlili masalalarini, tashqi muhitdagi imkoniyatlar va tahdidlarni, firmaning ichki resurslari va imkoniyatlarini, raqobat va raqobat dinamikasini o'rganadi. Bundan tashqari, u texnologiya strategiyasi, korporativ diversifikatsiya, ko'p millatli biznes, korporativ boshqaruv va korporativ ijtimoiy mas'uliyat bilan bog'liq mavzularni qamrab oladi.
Baholash tizimi
№ | Baho (A+) | Foiz | 4.5 Shkala |
---|---|---|---|
1 | А+ | 90-100 | 4.5 |
2 | А | 80-89 | 4 |
3 | В+ | 75-79 | 3.5 |
4 | В | 70-74 | 3 |
5 | C+ | 65-69 | 2.5 |
6 | C | 60-64 | 2 |
7 | D | 50-59 | 1 |
8 | F | 0-49 | 0 |