Pushkin instituti markazi

image_2023-02-28_23-50-41.png

image_2023-02-28_23-50-47.png

image_2023-02-28_23-50-54.png

image_2023-02-28_23-51-02.png

Qo‘qon universiteti qoshida A.S.Pushkin nomidagi rus tili markazi tashkil etildi va o‘z faoliyatini boshladi.

 

image_2023-02-28_23-55-36.png

Lug’at kuniga bag’ishlangan xalqaro konferensiyada “Pushkin instituti” markazi faol talabalari ishtirok etmoqdalar.

 

image_2023-02-28_23-58-22.png

image_2023-02-28_23-58-31.png

image_2023-02-28_23-58-39.png

“Pushkin instituti” markazi talabalari “She’riyat Bahori 2022”  loyihasida

21-mart kuni Pushkin instituti hamkorligi tarmog’i doirasida jahon she’riyat kuniga bag’ishlangan “She’riyat bahori 2022” tanlov dasturi bo’lib o’tdi. Dasturda Shenyang Technological (Xitoy) va Qo’qon universiteti (O’zbekiston) universitetlaridan 28 nafar talaba ishtirok etdi. Tanlov davomida rus shoirlarining mashhur she’rlari ishtirokchilar tomonidan o’qib borildi.

Tanlov natijalariga ko’ra ishtirokchilar xalqaro diplom sohibi bo’lishdi. Talabalarga ishtiroki va iqtidori uchun minnatdorchilik bildirilib, rus tili va adabiyoti hamda madaniyatini o’rganishda muvaffaqiyatlar tilandi.

https://vk.com/video/playlist/497306517_1

 

image_2023-03-01_00-00-59.png

image_2023-03-01_00-01-08.png

Qo’qon universiteti qoshidagi “Pushkin instituti” markazi talabalari ishtirokida tantanali ravishda ‘Rus oshxonasi” tadbiri bo’lib o’tdi.

 

image_2023-03-01_00-03-11.png

image_2023-03-01_00-03-25.png

A.S.Pushkin nomidagi Qo’qon universiteti qoshida tashkil etilgan rus tili markazida rus oshxonasiga bag’ishlangan yorqin tadbir bo’lib o’tdi. Talabalar turli jamoalar tarkibida rus oshxonasining milliy taomlarini taqdim etib, ularning har birining tayyorlanish usullari va tarixi haqida batafsil so’zlab berdilar. Ovqatlar orasida turli plombali kekslar, cheesecakelar, turli piroglar, salatlar va tuzlangan bodringlar ham bor edi. Degustatsiya komissiyasi natijalariga ko’ra, g’olib jamoalar aniqlandi va diplomlar bilan taqdirlandi.

 

image_2023-03-01_00-04-48.png

image_2023-03-01_00-05-01.png

Tadbir doirasida Qo’qon universiteti talabalari tomonidan boshqa ijodiy chiqishlar ham namoyish etildi

Tadbirda rus xalqiga oid raqslar, rus tilida sahnalashtirilgan teatr tomoshalari ijro etildi, rus she’rlari, rus va o’zbek xalqlarining milliy kuy-qo’shiqlari yangradi, shuningdek, ikki xalqning maqollar  bellashuvlari ham o’tkazildi.

 

image_2023-03-01_00-06-52.png

Talabalarimiz xalqaro miqyosda a’lo natijalar namoyish qilmoqdalar

Rossiya Federatsiyasi Janubiy-Ural davlat universiteti (YuUrGU) tomonidan o’tkazilgan “Тотальный диктантda Qo’qon universiteti talabalari faol ishtirok etdilar. Xalqaro diktantda Iqtisodiyot, Moliya, Turizm va mehmonxonani boshqarish yo’nalishlari talabalari ishtirok etdilar, shuningdek, qatnashchilar orasida yuqori ballarni yig’ib, a’lo natijalarga erishdilar.

 

27 Sentabr 2022 801

Ommabop