Universitetlararo almashinuv dasturlar.

Janubiy Koreyaning Woosong universiteti va Qo‘qon universiteti o‘rtasida talabalar almashinuvi

woosong.png

Woosong universiteti va Qo‘qon universiteti o‘rtasidagi kelishuvga asosan quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha ta’lim oling va xalqaro diplomga ega bo‘ling.

·        Iqtisodiyot

·        Moliya

·        Menejment

·        Turizm

IMG_20221208_172951_752.jpg

 

Qo‘qon universiteti talabasi ushbu almashinuv dasturida ishtirok etmoqda

Qo‘qon universitetining mehmonxona va turizmni boshqarish yo‘nalishi talabasi Sanat Ismoilov ikki universitet o‘rtasida tuzilgan talaba almashish dasturi asosida Janubiy Koreyaning Woosong universiteti (Solbridge Xalqaro biznes maktabi) da tahsil olmoqda.

E’tirof etish joizki, Koreyaning Daejeon Silikon vodiysi (yuqori texnologiyalar shahri) da joylashgan SolBridge talabalarni tez o‘sib borayotgan Osiyo iqtisodiyoti yetakchisi etib tayyorlaydi. Ushbu maktab biznes maktablari orasida noyobdir: 64 xil mamlakat vakillaridan iborat xalqaro talabalar jamoasiga ta’lim beradi. Immersion dasturlari, maxsus ma’ruzalar, seminarlar va amaliyotlar orqali nazariya va amaliyot o‘rtasidagi muvozanat ta’minlanadi. AACSB akkreditatsiyasini olgan dunyodagi mashhur biznes maktablaridan biridir.

 

Finlandiya Kareliya Amaliy Fanlar universiteti va Qo‘qon Universiteti o‘rtasida talabalar almashinuvi

 

Karelia 1.png

Qo‘qon universiteti hamda Karelia amaliy fanlar universiteti o‘rtasidagi hamkorlik asosida 5 nafar talabamiz Finlandiyada.

 

image_2023-02-28_21-50-13.png

Karelia 22.png

Qo‘qon universiteti hamda Karelia amaliy fanlar universiteti o‘rtasidagi hamkorlik asosida 5 nafar talabamiz Shohruh Olimov, Otabek Mahmudov, Suhrobjon Anvarjonov hamda Muhammadali Ne’matjonovlar bir yil mobaynida Finlandiya Karelia amaliy fanlar universitetida ta’lim olib, o’z bilimlarini mustahkamlab, yanada ko‘proq malaka va kengroq bilimlarni egallab qaytdilar.

fin 3

Karelia amaliy fanlar (UAS) universiteti rahbariyati va professor-o’qituvchilar, talabalarimizga biriktirilgan ustozlar – Liisa Timonen va Katrilar tomonidan talabalarning darslarni o’zlashtirish ko’rsatkichlari, yangi madaniyatga hurmat bilan yondashishlari, bo’sh vaqtlarida Joensuuning markaziy kutubxonasida o’z bilimlarini boyitib borganliklari e’tirof etildi.

Yana 2 nafar talabamizga Finladiyada ta’lim olish imkoniyati yaratildi.

 

7.jpg

20220909_155505.jpg

Qo‘qon universiteti va Karelia amaliy fanlar universiteti o‘rtasida tuzilgan talaba almashinuv dasturi bo‘yicha yana 2 nafar talabamiz Mirxojiddin Mahmudov va Abbosjon Abdurahmonovlar Finlandiyada ta’lim olishga kirishdilar.

Ayni paytda ushbu xorijiy universitetda ta’lim olgan va olayotgan talabalarimiz soni 7 nafarga yetdi.

 

 

Janubiy Koreyaning Joongbu universiteti va Qo‘qon universiteti o‘rtasida talabalar almashinuvi

image_2023-02-28_22-20-37.png

Joongbu universiteti va Qo‘qon universiteti o‘rtasida kelishuvga asosan quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha ta’lim oling va xalqaro diplomga ega bo‘ling. 

·      Iqtisodiyot

·      Moliya

·      Menejment

·      Turizm

 

            Qo‘qon universiteti talabasi ushbu almashinuv dasturida ishtirok etmoqda

IMG_20221206_123414_526.jpg

            Universitetimizning Xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili yo‘nalishining iqtidorli talabalaridan biri Abduvohid Halimjonov ushbu almashinuv dasturi orqali Janubiy Koreyaning Joongbu universitetidagi tahsil uchun grantni qo‘lga kiritdi va hozirda ushbu universitetda tahsil  olmoqda. 

Qayd etish joizki, bu xorijiy universitet boy ilmiy bilimlar va an’anaviy Koreya tajribasini o‘zida jamlagan. Universitet bazasida Sotsiologik tadqiqotlar institutei, Politsiya va mudofaa kolleji, Ilmiy tadqiqotlar markazi, Sog‘liqni saqlash va turizm kolleji, Fizika tadqiqotlari kabi markazlar faoliyat olib boradi.

 

 

Qozog‘istonning L.N.Gumilyov nomidagi Yevrosiyo milliy universiteti hamda Qo‘qon unniversiteti o‘rtasida talabalar almashinuvi.

 

image_2023-02-28_22-38-02.png

L.N.Gumilyov nomidagi Yevrosiyo milliy universiteti hamda Qo‘qon universiteti o‘rtasidagi kelishuvga asosan quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha tahsil olishingiz mumkin.

·        Iqtisodiyot

·        Moliya

·        Turizm

·        Xorijiy tillar va adabiyot

12 Fevral 2023 990

Ommabop