2024/2025-oʻquv yili uchun qoʻshma taʼlim dasturlariga oʻqishga qabul qilish boʻyicha MAʼLUMOT
Ikki diplomli dastur nima?
Qo‘shma ta’lim (ikki diplomli) dasturi — O‘zbekiston Respublikasi va xorijiy hamkor oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida imzolangan shartnomaga muvofiq kadrlar tayyorlashni va bitiruvchilariga oliy ma’lumot olganligi to‘g‘risidagi barcha xorijiy hamkor oliy ta’lim muassasalari joylashgan davlatlarda tan olinadigan kvalifikatsiya (diplom) berilishini nazarda tutuvchi ta’lim dasturi.
Qoʻshma ta’lim dasturlari boʻyicha ta’lim olish afzalliklar:
– Qoʻqon universiteti va xorijiy hamkor OTMlardan birida bir vaqtning oʻzida ta’lim olish;
– Oʻzbekiston va chet elda nostrifikatsiyasiz ishlash huquqini beruvchi ikkita diplom;
– oʻqishga kirish va xalqaro darajada ta’lim olish uchun yana bir imkoniyat.
Qoʻqon universiteti quyidagi xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan ikki diplomli dasturlarni amalga oshirmoqda:
1. Janubiy Koreyadagi Solbridge biznes maktabi;
2. Janubiy Koreyadagi Woosong universiteti;
3. Finlyandiyadagi Janubiy Karelia universiteti;
4. Latviyadagi Transport va telekommunikatsiya instituti.