📚 Sifat menejmenti bo‘yicha yangi qo‘llanma nashr etildi
Qo‘qon universitetida tayyorlangan "Sifat menejmenti" nomli yangi o‘quv qo‘llanmada korxonalarni boshqarishni optimallashtirish, sifat menejmentini samarali tashkil etish va bu orqali iqtisodiy samaradorlikka erishish borasida kerakli bilimlar jamlangan.
Ushbu o‘quv qo‘llanmada sifat menejmentini rivojlantirish bosqichlari, mahsulot sifatini boshqarish tizimi, standartlashtirish, sertifikatsiyalash, metrologiyaning asosiy vazifalari va tashkiliy-huquqiy asoslari atroflicha tadqiq etilgan. Bu kitob menejment yo‘nalishi talabalari, biznes sohasida faoliyat yuritayotgan mutaxassis-xodimlar va shu sohaga qiziquvchilar uchun muhim dasturilamal vazifasini o‘taydi.
24 Iyul 2022
⁞
588