📢 Talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar diqqatiga!
❗️2022/2023 o‘quv yilida Qo‘qon universiteti yo‘nalishlariga kunduzgi va sirtqi masofaviy ta’lim shakllari bo‘yicha kirish test imtihonlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan abituriyentlar 2022-yilning 15-sentyabriga qadar universitet qabul komissiyasiga quyidagi hujjatlarni taqdim etishlari lozim:
- Diplom yoki shahodatnoma asli (ilovasi bilan);
- pasport nusxasi;
- fotosurat (3,5-4,5 hajmda 6 ta);
- chet tilini bilish darajasi to‘g‘risidagi sertifikat asli (agar mavjud bo‘lsa);
- rektor nomiga ariza va abituriyent qayd varaqasi universitet qabul komissiyasida to‘ldiriladi.
✅ Belgilangan muddatda hujjatlarni to‘liq taqdim qilmagan abituriyentlarning o‘quv-mashg‘ulotlarida ishtirok etishiga ruxsat berilmaydi.
Manzil: Qo‘qon universiteti Axborot-kutubxona markazi.
📞Call center ⬇️