🏢 Talabalar uchun tanishtiruv darslari o‘tkazilmoqda

Qo‘qon universitetining Maktabgacha ta'lim (maxsus) sirtqi yo‘nalishi talabalari uchun "Orientation week" seminar-treninglari boshlandi.

Ochilish tadbirida Qo‘qon universiteti rektori v.v.b G‘afurjon Zaxidov talabalikka tavsiya etilgan barchani uzoq kutilgan maqsadlari amalga oshgani bilan tabrikladi.

photo_2022-08-19_09-27-48.jpg

Talabalar yurtimizda ta'lim olish, mustaqil o‘qish, kasbiy ko‘nikma va malaka oshirish uchun yaratilayotgan imkoniyatlardan unumli foydalanishga chorlandi.

Shuningdek, talabalarga universitetning ilmiy salohiyati, yaratilgan qulaylik va imkoniyatlar, xizmatlar haqida ma'lumotlar berildi.

photo_2022-08-19_09-27-50.jpg

Ochilish tadbirida Qo‘qon shahar Maktabgacha ta'lim bo‘limi boshlig‘i Irodaxon Mirzayeva, universitetning Ta'lim kafedrasi mudiri Anvarjon Islomovlar ham talabalar bilan ochiq muloqotda bo‘ldilar. Maktabgacha ta'lim tizimi mutaxassislariga qo‘yilayotgan talablar haqida fikr-mulohazalar almashildi. Zamonaviy metodlarni o‘zlashtirish, yosh avlod ta'lim-tarbiyasi uchun bog‘chadanoq puxta poydevor qo‘yish borasida zarur tavsiyalar berildi.

photo_2022-08-19_09-27-51.jpg

"Orientation week" doirasida seminar-treninglar boshlandi. O‘quv xonalarida 1-kurs, 1-semestrda o‘tiladigan fanlar yuzasidan dars mashg‘ulotlari olib borilmoqda. 

photo_2022-08-19_09-27-55.jpg

19 Avgust 2022 616
Universitetning telegram’dagi rasmiy kanalini kuzatib boring A’zo bo‘lish
Rektorga murojaat Murojaat qilish
Bo'sh ish o'rinlari Batafsil ko'rish

Ommabop