📚 O‘zbekistonning hamkorlik istiqbollari: yangi ma'lumotlar va xalqaro bilimlar dayjesti
"Xalqaro moliyaviy-iqtisodiy tashkilotlar" dayjestini yaratishda muallif-ustozlarimiz O‘zbekistonda qulay, shaffof va konstruktiv ishbilarmonlik muhitini yanada rivojlantirish, iqtisodiy islohotlarni faollashtirish va shu orqali aholi turmush farovonligiga hissa qo‘shuvchi mutaxassis-kadrlar tayyorlashni maqsad qilib olishgan.
Dayjestda👇
➖xalqaro iqtisodiy tashkilotlarning vujudga kelishi, rivojlanish tendensiyalari hamda genezisi bosqichlari;
➖ tashkilotlarning zamonaviy klassifikatsiyasi va jahon xo‘jaligi aloqalarining rivojlanishidagi ahamiyati;
➖O‘zbekistonning yuzlab davlat va nodavlat tashkilotlar, klublar va kengashlar bilan hamkorlik istiqbollari xususida ma'lumot va bilimlar jamlangan.
🔔 Kitobni o‘qish orqali jahon xo‘jaligi aloqalarida xalqaro institutsional jamiyatlarning tutgan o‘rni, biznes ishini tartibga soluvchi xalqaro tashkilotlar faoliyati bilan tanishish imkoniyatiga ham ega bo‘lasiz.