✍️ Finlyandiyaga tashrif: ilg‘or jihatlar va xulosalar
Qo‘qon universiteti delegatsiyasining Karelia UASga tashrifi yuzasidan taqdimoti o‘tkazildi.
Qo‘qon universiteti rektori Sherzod Mustafakulov Finlyandiya ta'lim tizimi, Karelia UAS faoliyati, ta'limdagi imkoniyatlar va xulosalarini jamoa bilan bo‘lishdi.
Taqdimotda Finlyandiyaning ishonchga qurilgan jamiyati, dunyodagi eng xavfsiz, barqaror va eng baxtli mamlakatlar sirasiga kirishi, adolatli tizimi, aholisining tozalikka rioya qilishi bois sof saqlangan tabiati xususida ma'lumot berildi. Shuningdek, mamlakatning byudjetdan moliyalashtiriluvchi ta'lim tizimlari, xususan ikki turga bo‘lingan oliy ta'lim tizimining afzalliklari haqida so‘z bordi.
Taqdimotda 1992 yilda tashkil topgan Kareliya UASning mamlakatimizda tatbiq etsa bo‘ladigan yuqori boshqaruv tizimi, innovatsion faoliyati va xalqarolashuvi haqida so‘z bordi.
Tadbir yakunida jamoa a'zolari Qo‘qon universitetining "Yil brendi" sifatida e'tirof etilishiga hissa qo‘shganlari bois taqdirlandilar.