Soʻz mulkining sultoni, oʻzbek adabiy tilining asoschisi Mir Alisher Navoiy tavalludiga 583 yil toʻldi
Alisher Navoiy xalqimizning ongi va tafakkuri, badiiy ma’daniyati va tarixida butun bir davrni tashkil etadigan buyuk shaxs hisoblanadi. Mutafakkir, olim barcha davrlarda turk dunyosi tomonidan “shams ul-millat” ya’ni “millat quyoshi”, deb e’zozlab kelingan.
Navoiy o‘z she’riyati orqali o‘zbek adabiyotini yangi darajaga olib chiqdi. Uning nazmi mavzusining kengligi hamda janrining xilma-xilligi bo‘yicha undan oldingi o‘zbek adabiyotini ortda qoldiradi. Oʻz ijodi orqali butun dunyoga, faqatgina forsiy tilda emas, o'zbek tilida ham go'zal she'rlar va dostonlar yozish mumkinligini isbotlagan.
9 Fevral 2024
⁞
2778