Qo'qon universiteti talabalari o'rtasida startap loyihalar tanlovi bo'lib o'tdi!

Turizm va iqtisodiyot fakulteti tomonidan tashkil etilgan tanlovda 15 ta jamoa o'z loyihalari bilan ishtirok etdi va turli yo‘nalishlarda iqtidorli talabalar o‘zlarining innovatsion hamda kreativ g‘oyalarini quyidagi baholash mezonlari asosida taqdim etdilar:

🔵 Loyihalarning Birlashgan Millatlar Tashkilotining Barqaror Taraqqiyot Maqsadlariga (SDG) muvofiqlik darajasi;
🔵Innovatsionlik – loyihada yangi g’oya va metodlarning qo’llanilishi. G’oyaning original va samaradorligi;
🔵Joriy va kelajakdagi bozor ehtiyojiga muvofiqlik;
🔵 Nomzod yoki guruhning bilim va tajribasi;
🔵 Amalga oshirish imkoniyati yoki loyihaning qanday bosqichda ekanligi.

photo_2025-01-27_21-17-42.jpg

Bir soʻz bilan  aytganda, mazkur tanlov talabalarning innovatsion qobiliyatini namoyon etish, yangi tajribalar orttirish va muvaffaqiyat sari dadil qadamlashga poydevor boʻldi. 

photo_2025-01-27_21-17-56.jpg

Yakunda faol ishtirok etgan talabalarga turli sovgʻa, vaucher va sertifikatlar taqdim etildi.

photo_2025-01-27_21-17-59.jpg

24 Dekabr 2024 361
Universitetning telegram’dagi rasmiy kanalini kuzatib boring A’zo bo‘lish
Rektorga murojaat Murojaat qilish
Bo'sh ish o'rinlari Batafsil ko'rish

Ommabop