Qo‘qon universitetida "Tepaqo‘rg‘on arxeologik yodgorligini ochiq osmon ostidagi muzeyga aylantirish muammolari va yechimlari" mavzusida anjuman bo‘lib o‘tdi
Anjumanni Qoʻqon universiteti direktori Gʻafurjon Zaxidov Erkinovich ochib berdi. Shuningdek, anjumanda Farg‘ona viloyati hokimining turizm, sport, madaniyat, madaniy meros ommaviy kommunikatsiya masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Axmedov Xurshidjon Rustamovich, Qoʻqon shahar hokimi Ma'rufjon Usmonov A'zamovich, Oʻzbekiston badiiy akademiyasi rahbari akademik Akmal Nur, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademigi, Oʻzbekiston badiiy akademiyasi akademigi Hakimov Akbar Abdullayevich, Respublika hunarmand uyushmasi raisi Rasuljon Mirzaahmedovlar ishtirok etib, koʻrilayotgan masalalar yuzasidan oʻz taklif-mulohazalarini bildirib oʻtishdi.
Bundan tashqari, anjumanda Qo‘qon muzey qo‘riqxonasi, Milliy arxeologiya markazi, Oʻzbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligi, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Tarix instituti, O‘zbekiston Milliy universiteti, Qoʻqon universiteti tarixchi va arxeolog olimlari, turizm sohasi mutasaddilari ishtirok etdi. Anjuman ishida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Fargʻona viloyatiga tashrifi davomida Tepaqoʻrgʻon arxeologik yodgorligini ochiq osmon ostidagi muzeyga aylantirish borasida bergan koʻrsatmalarini ta'minlashda ilgʻor tajribalardan foydalanish masalalari soha mutaxassislari ishtirokida muhokama etildi.