KU va O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi o‘rtasida memorandum imzolandi

photo_2023-03-18_11-52-49.jpg

Qo‘qon universiteti rahbariyati va O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Farg‘ona viloyat Kengashi raisi o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda yoshlarning madaniyatini boyitish, ularni rahbar sifatida shakllantirish xususida so‘z bordi.

photo_2023-03-18_11-52-51.jpg

Memorandum imzolanib, universitetda Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti faoliyati doirasida yoshlarning intellektual va ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishga ko‘maklashuvchi klub va to‘garaklar faoliyatini tashkil etish, hamkorlikda yoshlarga oid davlat siyosatini to‘laqonli joriy etish, "Yoshlar press klubi"da xorijiy va xalqaro ekspertlar, talabalar ishtirokida uchrashuvlar tashkil etishga kelishib olindi.

17 Mart 2023 1139
Universitetning telegram’dagi rasmiy kanalini kuzatib boring A’zo bo‘lish
Rektorga murojaat Murojaat qilish
Bo'sh ish o'rinlari Batafsil ko'rish

Ommabop