Mehmonxona va turizmni boshqarish yoʻnalishi talabalari uchun amaliy dars boʻlib oʻtdi

Qoʻqon universitetining 3-bosqich talabalari uchun Turizmda biznes qoidalari fanidan Qoʻqon aeroportida  "Turizmda transport turlari, ularning turizmda tutgan o'rni hamda aeroport menejmenti" mavzusida amaliy ochiq dars boʻlib oʻtdi.

photo_2024-04-01_09-44-14.jpg

Amaliy dars Xalqaro hamkorlik departamenti boshligʻi Mamadaliyev Ulugʻbek Tohirjonovich tomonidan tashkil etildi.

photo_2024-07-02_12-00-57.jpg

Amaliy darsda talabalar Qo'qon aeroporti joylashuvi, uning bo'limlari, o'zaro interaksiya kabi aeroport boshqaruviga doir muhim ma'lumotlarga ega boʻlishdi.

photo_2024-07-02_12-01-03.jpg

Ma'lumot uchun, 20-mart kuni ertalab Qoʻqon aeroporti birinchi texnik parvozni qabul qildi va muntazam parvozlarni 2024-yil 1-apreldan boshlashi rejalashtirilgan.

1 Aprel 2024 278
Universitetning telegram’dagi rasmiy kanalini kuzatib boring A’zo bo‘lish
Rektorga murojaat Murojaat qilish
Bo'sh ish o'rinlari Batafsil ko'rish

Ommabop