Qo‘qon universitetida ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkaziladi
12-13-fevral kunlari Alisher Navoiyning 583 yilligi munosabati bilan "Alisher Navoiyning ilmiy merosi" ilmiy-amaliy konferensiyasi boʻlib oʻtadi.
Hamkor tashkilotlar:
Xalqaro turkiy madaniyat tashkiloti (TURKSOY);
O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi;
O‘zbekiston Respublikasi Turizm qo‘mitasi;
Toshkent xalqaro universiteti (TIU);
Farg‘ona viloyati hokimligi;
Qo‘qon shahar hokimligi;
Turkiy davlatlarning qator nufuzli oliy ta'lim muassasalari.
Konferensiya yalpi majlisi ochilishi: 2024-yil 12-fevral, soat 9:00 da.
Konferensiya doirasida gʻazal mulkining sultoni, buyuk mutafakkir, davlat va jamoat arbobi, oʻzbek adabiy tilining asoschisi – Alisher Navoiyning jahon xalqlari madaniyatidan munosib o‘rin olgan ilmiy-adabiy merosi keng o‘rganiladi.