Qoʻqon universitetida "Jaholatga qarshi ma'rifat" mavzusida targʻibot tadbiri oʻtkazildi

Qoʼqon universitetida Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi, Oʼzbekiston xalqaro islom akademiyasi, Oʼzbekiston Respublikasi Din ishlari boʼyicha qoʼmitasi lektori Zokirjon Mardonov ishtirokida "Jaholatga qarshi maʼrifat" mavzusida targʼibot tadbiri olib borildi.

 Tadbirda milliy qadriyatlarimiz, ularga rahna solayotgan omillar, ayniqsa, yoshlar ongiga taʼsir oʼtkazish maqsadida amalga oshirilayotgan informatsion xurujlarning mazmun-mohiyati, mamlakatimizda din erkinligini taʼminlash yoʼlida amalga oshirilayotgan islohotlar, tinchlikparvar siyosat xususida "Tinchlik qadri" nomli maxsus videorolik tadbirda ishtirok etgan talabalar hamda murabbiylarga namoyish etildi.

Oʼzbekiston xalqaro islom akademiyasi lektorlari ishtirokchilarning savollariga javob berib, yoshlarni yot gʼoyalardan, noqonuniy harakatlardan ogoh boʼlishga chaqirdilar.

23 Noyabr 2023 412

Ommabop