Yuksalish liderlar akademiyasining vakillariga Qoʻqon universiteti boʻylab ekskursiya uyushtirildi

Qoʻqon universitetiga oʻtkazilgan ekskursiyada Yuksalish liderlar akademiyasining Qoʻqon shahar filialidan 24 nafar oʻquvchi ishtirok etdi. Talabalarga xizmat koʻrsatish departamenti tomonidan ekskursiya davomida oʻquvchilarga universitetda talabalarga yaratilgan imkoniyatlar, dars jarayonlari, kutubxona faoliyati toʻgʻrisida batafsil tushuntirib oʻtildi.   

Oliy ta'limga qiziqishni uygʻotish, yosh avlodni kasbga yoʻnaltirish maqsadida oʻtkazilgan ekskursiya oʻquvchilarda katta taassurot qoldirdi.

6 Noyabr 2023 606

Ommabop