“3-dekabr – Xalqaro nogironlar kuni”ga bagʻishlangan ajoyib tadbir boʻlib oʻtdi
"Bir Vatanning teng farzandimiz!" shiori ostida oʻtgan tadbir Qoʻqon universiteti va 39-koʻp tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta'lim tashkiloti bilan hamkorlikda tashkil etildi.
Tadbirni Qoʻqon universiteti Akademik ishlar boʻyicha prorektori Jamoliddin Kambarov va Qoʻqon shahar hokimi Ma'rufjon Usmonov ochib berdi.
Universitet talabalari ishtirokidagi sahnaviy koʻrinishlar, tarbiyalanuvchilarni ajoyib chiqishlari barchaga koʻtarinki ruh bagʻishladi.
Bundan tashqari, tashkilotchilar tomonidan ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta'lim tashkiloti tarbiyalanuvchilariga sovgʻalar taqdim etildi.
3 Dekabr 2024
⁞
695