Masofaviy ta'lim shakli talabalari uchun chet elda o’qish, grantlar yutish va malaka oshirish bo’yicha ochiq dars bo‘lib o‘tadi
Ushbu ochiq darsni Xalqaro tajribaga ega va grantlar g’oliblari Xalqaro hamkorlik departamenti rahbari Mamadaliyev Ulugbek va Jahon tillari kafedrasi mudiri Sharafutdinov Nodirxon olib borishadi.
Shuningdek, "Exclusive Workshop" darsda talabalar chet eldan mos universitet izlash, hujjat topshirish, SOP yozish, stipendiya yutib olish va chet eldagi talabalar hayoti haqida amaliy koʻnikmalarga ega boʻlishi koʻzda tutilgan.
Ma'lumot uchun, Ushbu "Exclusive Workshop" 31-yanvar kuni soat 15:00 da B-103 xonada boʻlib oʻtadi.
30 Yanvar 2024
⁞
993