Diqqat, "exchange"
Qozog‘istonning L.N.Gumilyov nomidagi Yevroosiyo milliy universitetida kuzgi yoki bahorgi semestrda o‘qish imkoniyatini taklif etamiz!
🎓 Yo‘nalishlar:
- Iqtisodiyot;
- Moliya;
- Mehmonxona va turizmni boshqarish;
- Xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili.
🏛 L.N.Gumilyov Eurasian National University QS reytingi bo‘yicha dunyoda 328-o‘rinda turadi.
📁 Kerakli hujjatlar:
- Pasport (qizil);
- Transkript;
- Universitet rahbariyatining yo‘llanma-xati;
- KU talabasi ekanligi haqida ma'lumotnoma;
- 3x4 rasm - 2 dona.
Ta'lim tili: 60 % rus, 40 % ingliz tili.
Kimlar uchun: 1, 2, 3-kurslarni yakunlayotgan talabalar.
Muddati: 2023-yil kuzgi semestri.
DEADLINE: 20-iyungacha.
Moliyalashtirish: almashinuv talabalari uchun universitet yotoqxonasidan joy ajratiladi. Kontrakt to‘lov KUda amalga oshiriladi.
Talaba tomonidan transport (borish-kelish), ovqatlanish va boshqa shaxsiy xarajatlari to‘lanishi lozim.