Xorijda o‘qishga tayyorgarlik ko‘rayotgan talabalar diqqatiga!
Orhun almashinuv dasturi bo‘yicha Ozarbayjon, Turkiya, Qozog‘iston va Qirg‘iziston universitetlaridan birida 2023/2024 o‘quv yilining bir semestrini o‘qishni istaysizmi?
Universitetlar ro‘yxati va yo‘nalishlari bilan tanishib, qiziqishlaringizga mos universitetni tanlang va Talabalar ma'lumot shaklini to‘ldiring.
Kerakli hujjatlar:
- Xorijga chiqish pasporti;
- Transkript;
- Student Information Form.
Moliyalashtirish:
- kontrakt to‘lovi KUda amalga oshiriladi;
- qabul qilgan universitetlarda yotoqxona va oziq-ovqat bilan ta'minlanish shartlari har xil;
- stipendiya mavjud emas.
‼️ AHAMIYAT BERING:
- GPA 2.5/4.0 dan past bo‘lsa ariza qabul qilinmaydi. Turkiya universitetlari uchun GPA 3.2/4.5 bo‘lishi maqsadga muvofiq;
- Bitta talaba faqat bir universitetni tanlash va bir semestr o‘qish imkoniyatiga ega;
- 2023/2024 o‘quv yilining faqat kuzgi yoki bahorgi semestrini tanlashingiz mumkin;
DEADLINE: hujjatlar Xalqaro hamkorlik departamentida 23-aprelga qadar (soat 14:00 dan 17:00 gacha) qabul qilinadi.
Batafsil ma'lumot va hujjatlar namunasi bilan Xalqaro hamkorlik departamenti kanalida tanishing