Muvaffaqiyatli himoya bilan tabriklaymiz!

 Qo'qon universiteti Ilmiy ishlar va innovatsiyalar departamenti mutaxasisi Tursunova Namunaxon Xaydarali qizi "Muhammad Aminxo‘ja Muqimiy g‘azaliyoti poetikasi" mavzusidagi 10.00.02- O'zbek adabiyoti ixtisosligidan filologiya fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozgan dissertatsiyasini 2025-yil 4-yanvarda muvaffaqiyatli himoya qildi. 

Qo'qon universiteti jamoasi Tursunova Namunaxon Xaydarali qizini mazkur yutuqlar bilan tabriklaydi. Keyingi ilmiy va pedagogik faoliyatlarida ulkan zafarlar tilaydi. 

Tadqiqotchining ilmiy rahbari Qo'qon universiteti Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo'yicha prorektori, filologiya fanlari doktori, professor Qobilova Zeboxon Bakirovnani ham shogirdlar yutuqlari bilan tabriklaymiz!

6 Yanvar 2025 333
Universitetning telegram’dagi rasmiy kanalini kuzatib boring A’zo bo‘lish
Rektorga murojaat Murojaat qilish
Bo'sh ish o'rinlari Batafsil ko'rish

Ommabop